Yo‘l-patrul xizmati xodimlari ko‘chalarda ayol-haydovchilar va yo‘lovchilarni 8 mart bilan tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 27 ta hujjatning imzolanishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 8 mart bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvda xalq hayotini munosib darajaga ko‘tarish bo‘yicha qilingan barcha harakatlar, avvalo ayollarning orzu-niyatlari va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish ekanini ta’kidladi.
Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha birinchi sud majlisida sud advokatning sudlanuvchiga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanishi to‘g‘risidagi da’voni qondirdi.
Oliy sud qiynoqqa solish bilan bog‘liq jinoyatlar haqidagi ishlar bo‘yicha yagona sud amaliyotini shakllantirish ustida ish olib bormoqda.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan marosimda xotin-qizlarni 8 mart bilan shaxsan tabriklab, mukofotlarni topshirdi.
O‘zbekistonda birinchi marta qandli diabet bilan xastalangan bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi.
Qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi poytaxt va viloyatlardagi shahar yo‘lovchi transportini boshqarish departamentlarini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi.
IIV qurol va o‘q-dorilarning noqonuniy muomalasining oldini olishga doir maxsus tadbir o‘tkazmoqda.
Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tarkibiga huquq, sanoat, fan, ta’lim va tibbiyot sohasi mutaxassislari hisoblangan o‘zbekistonliklar kiritildi.
Ekshn-kameralar qutqaruvchilarga operatsiyalarni amalga oshirishda harakatlarni qayd etishga imkon beradi.
O‘zbekiston Prezidenti An-26 harbiy-transport samolyoti qulashi munosabati bilan Rossiya Prezidentiga hamdardlik yo‘lladi.
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining o‘g‘li Alisherbek Qodirov qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritildi.
Mehnat migrantlariga samolyot yoki poyezdga imtiyozli chipta ixtisoslashgan kassalar orqali sotiladi.
Jizzaxdagi «Musurmon ota» fermer xo‘jaligi rahbari Subiniso Boymatova Prezident nomidan avtomobilga ega bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovni qabul qildi. U Toshkentga mahkamalararo maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi jarayonida o‘zbek-tojik davlat chegarasi to‘g‘risida shartnoma, fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.
Namangan viloyatidagi fermer xo‘jaligi ishchisi hojatxonaga tashlab yuborilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqni qutqarib qoldi.
Mehnat migrantlari milliy temir yo‘l va aviatashuvchidan 20 foizgacha chegirma, shuningdek chipta uchun 300 ming so‘mgacha beg‘araz yordamga ega bo‘ladi.
To‘rt yoshli qizini qiynaganini video tasvirga olgan ichki ishlar organining sobiq xodimi olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting