Yangiliklar

2 iyul 2018, 20:52

Prezident ish haqi va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

15 iyuldan eng kam ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori o‘rtacha 7 foizga oshiriladi.

2 iyul 2018, 20:37

Yuqori darajadagi sportchilar maxsus bazalarda tayyorlanadi

Sportchilarni jahon va Osiyo chempionatlari, olimpiya o‘yinlari va musobaqalarga tayyorlash uchun 5 ta markaz tashkil etiladi.

2 iyul 2018, 17:43

«Qo‘shimcha qiymat solig‘ining elektron tizimi yaratiladi» — DSQ rahbari

DSQ rahbari Begzod Musayev 2005 yildagi soliq islohotlari natijasida tadbirkorlar autsorsing qo‘llay boshlaganini ma’lum qildi.

2 iyul 2018, 16:31

15-iyuldan eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda

15-iyuldan eng kam maoshni 7 foizga oshirish rejalashtirilmoqda, deya axborot berdi iqtisod vazirining birinchi o‘rinbosari. Yarim yilda inflyatsiya darajasi 6,2 foizni tashkil etdi.

2 iyul 2018, 16:11

Ulug‘bek Lapasov Jenevadagi BMT bo‘linmasida O‘zbekistonning doimiy vakili bo‘ldi

Ulug‘bek Lapasov Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekistonning doimiy vakili etib tayinlandi.

2 iyul 2018, 15:07

O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tashkil etilmoqda

Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tashkil etilmoqda. Uning zimmasiga mamlakatda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish vazifasi yuklatildi.

2 iyul 2018, 13:54

Jinoyatlar soni 40 foizga kamaydi — IIV rahbari

Jinoyatlar soni yil boshidan buyon 40 foizga kamaydi, deya xabar qildi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Senatdagi hisobotida.

2 iyul 2018, 12:51

13 million mehnatga layoqatli aholining 4,6 millioni soliq to‘laydi — Jamshid Qo‘chqorov

O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakat soliq tizimida «Sovet davri» unsurlari borligini aytdi.

2 iyul 2018, 10:58

Mehnat vazirligi Buyuk Kelajak ekspertini maslahatchi sifatida jalb etmoqchi

Mehnat vazirligi Buyuk Kelajak ekspertlarini vazirning shtatsiz maslahatchisi lavozimiga jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

2 iyul 2018, 10:00

«Toshkent dengizi"da kichik GES qurilmoqda

Toshkent viloyatining «Tuyabo‘g‘iz» suv ombori qoshida kichik GES qurish ishlari joriy yilning iyun oyida boshlangan.

2 iyul 2018, 09:49

JCH-2018: Xorvatiya chorak finalda Rossiya bilan uchrashadi

Xorvatiya termasi penaltilar seriyasida Daniya ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempionati-2018 chorak finaliga chiqdi.

1 iyul 2018, 22:01

JCH-2018: Rossiya Ispaniyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Rossiya termasi jahon chempionati-2018 da penaltilar seriyasida Ispaniya jamoasini mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.

30 iyun 2018, 22:27

JCH-2018: Argentinani mag‘lub etgan Fransiya chorak finalga chiqdi

Gollarga boy kechgan uchrashuvda Fransiya Argentinadan ustun keldi va chorak finalning ilk ishtirokchisiga aylandi.

30 iyun 2018, 19:52

Muqimiy ko‘chasida yana bir chorraha ochildi

Toshkentning Muqimiy ko‘chasida loyiha mualliflarining xatolarini to‘g‘irlash davom etmoqda. Shu doirada yana bir chorraha ochildi.

30 iyun 2018, 15:18

Xotin-qizlar qo‘mitasi mardikor ayollar muammolarini hal etishga kirishdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkentda mardikor ayollar muammosini o‘rganish, ularni doimiy ish va uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.

30 iyun 2018, 12:59

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini tabrikladi

Prezident Yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida yoshlar hayotda o‘z mustahkam o‘rnini topishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilishiga ishonch bildirdi.

30 iyun 2018, 11:18

AQSH elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda

Pamela Spratlen O‘zbekiston AQSHning Toshkentdagi elchisi bo‘lib ishlashni boshlagan vaqtdagidan ancha farq qilishini aytdi.

30 iyun 2018, 11:01

Prezident soliq islohoti konsepsiyasini tasdiqladi

Prezident O‘zbekistonning soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqladi. O‘zgarishlar 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

30 iyun 2018, 00:33

2018 yilda birinchi marta deflyatsiya qayd etildi

Iyun oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasida pasayish 0,4 foizni tashkil etdi.

29 iyun 2018, 23:17

O‘zbekistonning yangi elchisi Rigaga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi Badriddin Obidov Rigaga jo‘nab ketdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting