7 avgust, juma COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

29 mart 2020, 20:32

Koronavirus holatlari soni 144 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 144 nafarga yetdi.

29 mart 2020, 00:18

O‘zbekistonda maxsus ruxsatnomasiz avtomashinalar harakati taqiqlanadi

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnomasiz avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanmoqda.

28 mart 2020, 18:35

728 ta holatda narxlarning asossiz ravishda oshirilgani aniqlandi

728 ta holatda, shundan 102 tasi dorixonalarda, 2 mlrd so‘mlik mahsulotlar narxlari asossiz oshirilgani aniqlanib, aybdor shaxslarga keskin choralar ko‘rildi — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

28 mart 2020, 15:39

7 mingdan ortiq holatlarda karantin qoidalari buzilgan

Karantin tadbirlari e’lon qilingandan buyon, O‘zbekistonda 7157 ta karantin qoidalarini buzish holatlari qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq. 20 ta holatda esa marosim va yig‘inlar o‘tkazilgan.

28 mart 2020, 15:11

SSV koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemor haqidagi ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi

SSV O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemorning 39 yoshli erkak ekani, u virusni Parijdan qaytgan birinchi bemordan yuqtirganini ma’lum qildi.

28 mart 2020, 15:01

BAA O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga niqoblar, kombinzonlar, qo‘lqop va boshqa himoya vositalaridan iborat 8 tonnalik insonparvarlik yuklari yubordi.

28 mart 2020, 13:35

Toshkent yaqinidagi yangi qurilgan karantin markaziga 650 kishi joylashtirildi

Toshkent viloyatida konteynerlardan qurilgan 10 ming kishilik karantin markaziga xorijdan charter reyslarda olib kelingan 650 fuqaro joylashtirildi.

28 mart 2020, 11:40

Qozog‘istonda UzAuto Motors avtomobillarini yig‘ish boshlandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat rahbarlari Qozog‘istonda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarilishiga start berdi.

28 mart 2020, 11:32

Koronavirus bemorlari soni 104 nafarga yetdi, bir kishi vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 16 kishiga ko‘payib, 104 nafarga yetdi. Bir erkak bemorda o‘lim holati qayd etildi.

27 mart 2020, 20:16

Andijon shahar markaziy poliklinikasida yong‘in ro‘y berdi

Karantinga olingan Andijon shahar markaziy poliklinikasida yong‘in ro‘y berdi. Tibbiyot xodimlari va bemorlar evakuatsiya qilingan.

27 mart 2020, 20:04

Koronavirus aniqlangan bemorlar soni 88 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 5 nafarga oshib, 88 kishiga yetdi.

27 mart 2020, 20:00

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining vazifalari belgilandi

Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, davlat ulushi bor korxonalarni isloh qilish va boshqa vazifalar bilan shug‘ullanadi. 2021 yildan iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorlar joriy etiladi.

27 mart 2020, 19:11

Mazmunli karantin — #03

«Gazeta.uz» karantin davomida unumli vaqt o‘tkazishingiz uchun «Mazmunli karantin» loyihasini davom ettiradi. Loyiha davomida o‘zbek tiliga tarjima qilingan TED chiqishlari va TED-Ed darslari, hamda O‘zbekistonda tashkillashtirilgan TEDx loyihalaridan chiqishlarni taqdim etib boriladi.

27 mart 2020, 19:11

Jamshid Qo‘chqorovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyati tasdiqlandi.

27 mart 2020, 18:02

Surxondaryoda sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida ikki kun davomida ikkita halokatli baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Uch kishi vafot etdi, yana bir kishi jarohat oldi.

27 mart 2020, 17:00

Buyuk Britaniya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Boris Jonsonning koronavirusga qarshi test natijalari ijobiy bo‘lib chiqdi. Endi u karantindan turib hukumatni boshqaradi.

27 mart 2020, 16:04

Ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi

O‘zbekistonda zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqish, shuningdek, ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi.

27 mart 2020, 15:43

Koronavirus sharoitida fuqarolarning pensiyalari qanday tarqatilmoqda?

99 foiz pensiya mablag‘lari sterillangan naqd pul shaklida aholi uylariga yetkazilmoqda. Epidemiya tarqalishining oldini olish maqsadida pensionerlarni plastik kartalar bilan ta’minlashni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

27 mart 2020, 15:22

COVID-19 yuqtirganlarning 23 nafari xorijdan qaytgan, 60 nafari ular bilan muloqotda bo‘lgan

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning 35 nafari erkak, 48 nafari ayollar. Shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

27 mart 2020, 14:28

Fatvo: Koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish to‘g‘risida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish borasidagi fatvoni e’lon qildi.