Yangiliklar

18 iyul 2018, 11:02

IIV tizimida 17 nafar rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida 17 kishi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.

18 iyul 2018, 10:58

O‘quvchilar identifikatsiyasi joriy etiladi

Prezident maktab o‘quvchilarini identifikatsiyalash hamda ularni sog‘liqni saqlash, huquq-tartibot va boshqa tizimlar bilan bog‘lashga topshiriq berdi.

18 iyul 2018, 10:45

Birinchi yarim yillikda YAIM hajmi 152,5 trln so‘mni tashkil etdi

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston YAIM hajmi 4,9 foizga o‘sib, 152,5 trln so‘mni tashkil etdi.

18 iyul 2018, 10:32

Jurnalistika universitetida ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining qabul rejasi va 17−19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan ijodiy imtihonlari haqida ma’lumot berildi.

18 iyul 2018, 10:26

Oliy Majlis quyi palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibi o‘zgardi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga yangi rais saylandi.

18 iyul 2018, 10:16

Ikki kun ichida qariyb 200 xorijlik elektron viza uchun ariza topshirdi

O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizalar tizimining ikki kunlik faoliyati davomida xorijiy fuqarolardan qariyb 200 ta murojaat kelib tushdi, 31 ta viza berildi.

18 iyul 2018, 10:07

O‘zbekistonning yarim yillik tashqi savdo aylanmasi 17,7 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston eksport tuzilmasida xizmatlar, importda esa mashina va uskunalar yetakchilik qilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi yarim yilda 17,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

17 iyul 2018, 23:40

Toshkent viloyatida ekologik axborot-resurs markazi ochildi

Toshkent viloyatida aholining ekologik xabardorligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan Axborot-resurs markazining ochildi.

17 iyul 2018, 23:31

Maktablarni qurish va ta’mirlash uchun maxsus injiniring kompaniyasi tuziladi

Maktablarni qurish va ta’mirlash ishlari «nopok» pudratchilardan maxsus Injiniring kompaniyasiga o‘tkaziladi.

17 iyul 2018, 23:05

Hindiston kompaniyasi Buxoroda to‘rt yulduzli mehmonxona quradi

Hindiston kompaniyasi Buxoroda to‘rt yulduzli mehmonxona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida esa 1000 gektarlik intensiv bog‘lar barpo etishni rejalashtirmoqda.

17 iyul 2018, 22:42

Prezident O‘zbekistonda farzandi o‘qituvchi bo‘lishni istaganlar soni kam ekanini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda farzandi o‘qituvchi bo‘lishni xohlaganlar 7 foiz, o‘qituvchilar orasida esa 3 foizni tashkil etishini keskin tanqid qildi.

17 iyul 2018, 22:18

Prezident maktab ta’limi darajasini ko‘tarishni topshirdi

Prezident o‘qituvchilar oyligini oshirish, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, o‘quv standartlari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.

17 iyul 2018, 19:47

Samarqand aeroportida bir kunda 270,52 gramm tilla buyumlari olib qo‘yildi

Samarqand xalqaro aeroportida Turkiyadan uchib kelgan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatlari fosh etildi.

17 iyul 2018, 19:26

O‘zbekiston Afg‘onistonga erkin savdo tartibini o‘rnatishni taklif qilmoqda

O‘zbekiston Afg‘onistonga erkin savdo tartibini o‘rnatishni taklif qilmoqda va bu to‘qimachilik sanoatining tiklanishiga yordam berishidan umid qilmoqda.

17 iyul 2018, 19:07

Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qo‘yildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan 27 iyulga qadar Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qo‘yildi.

17 iyul 2018, 18:56

Og‘ir atletika: Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston 13 medalga ega bo‘ldi

Og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 13 medalga ega bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol sportchi jahon chempioni bo‘ldi.

17 iyul 2018, 18:20

Xalq ta’limi tizimini qanday yaxshilash mumkin?

«Biznes laboratoriyasi» O‘zbekistondagi xalq ta’limi tizimiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etadi.

17 iyul 2018, 17:48

Samarqanddagi qator tibbiyot muassasalari rahbarlari vazifasidan ozod etildi

Pastdarg‘om tumanidagi 28-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri va Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxona bosh vrachi iste’foga chiqarildi.

17 iyul 2018, 15:31

Avtomashinalar oynasining tonirovkasi narxi qulay bo‘lishi kerak — ekspertlar

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlarining fikricha, IVV tomonidan avtomashinalar oynasining tonirovkasi bo‘yicha taklif qilingan hujjat qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

17 iyul 2018, 14:03

O‘zbekiston elchixonasi Moskva qamoqxonasida saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarovga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda

O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi qamoqxonada saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarovning onasi va xolasi bilan uchrashuvini tashkillashtirish borasida ish olib bormoqda


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting