Yangiliklar

18 aprel 2018, 16:47

1 maydan issiq suv va isitish tariflari oshiriladi

1 maydan Toshkentda issiq suv va isitish tariflari oshiriladi.

18 aprel 2018, 14:20

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Jasur Akromov tayinlandi.

18 aprel 2018, 13:58

Bosh vazir sog‘liqni saqlash vaziriga: «Hokimlarni emas, o‘z xodimlaringizni himoya qiling»

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov majburiy mehnatga chek qo‘yish uchun choralar ko‘rishga va’da berdi. U avval ushbu masalaga e’tibor qaratmaganini tan oldi.

18 aprel 2018, 12:42

«Majburiy mehnat vatanparvarlik deb hisoblangan» — xalq ta’limi vaziri

Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov o‘qituvchilarning o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb etilishiga nuqta qo‘yishda unga qat’iyat yetishmaganini tan oldi.

18 aprel 2018, 11:52

Majburiy mehnat masalasi favqulodda holatga tenglashtiriladi — bosh vazir

Majburiy mehnat bo‘yicha har bir holat favqulodda vaziyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu topshirig‘i videoselektor yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan e’lon qilindi.

17 aprel 2018, 22:58

TIV rahbari Kolumbiyaning yangi elchisini qabul qildi

O‘zbekiston va Kolumbiya siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

17 aprel 2018, 16:05

Ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilish qat’iy taqiqlandi

Prezident ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni taqiqlash bo‘yicha huquqiy mexanizm ishlab chiqishni topshirdi. U Bosh prokuraturaga o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limida aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga buyruq berdi.

17 aprel 2018, 14:55

21 yoshli qiz sud yordamida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi

Namangan viloyatida 1997 yilda tug‘ilgan ma’muriy sud yordamida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.

17 aprel 2018, 14:35

Toshkentda 1 maydan sovuq suv narxi qimmatlashadi

1 maydan Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshiriladi.

17 aprel 2018, 13:42

O‘zbekiston va Eron bojxona imtiyozlarini joriy etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Eron bir qator tovarlarga nisbatan imtiyozli bojxona rejimi to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda.

17 aprel 2018, 13:02

Yanvar-martda aholining umumiy daromadi 43,2 trln so‘mni tashkil etdi

Yanvar-martda aholi umumiy daromadlari 43,2 trln so‘mni, bir kishiga o‘rtacha hisoblaganda 1,3 mln so‘mni tashkil etdi.

17 aprel 2018, 12:08

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Hadis ilmi maktabi tashkil etilmoqda

Prezident diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

17 aprel 2018, 10:45

Toshkent IIBBda maxsus tergov majmuasi ochildi

IIBB qoshidagi Maxsus tergov majmuasi stenografiya, videokuzatuv, audio va video qayd etish tizimlari, shuningdek Gezella oynasi bilan ta’minlangan.

16 aprel 2018, 22:41

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 5 mln so‘mdan beriladi

9 may bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 mln so‘mdan beriladi.

16 aprel 2018, 22:30

O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikdagi telekanalni ochishi mumkin

O‘zbekiston va Rossiya AKT vazirliklari vakillari hamkorlikdagi telekanalni ochish istiqbollarini muhokama qildi.

16 aprel 2018, 16:07

Kawasaki Heavy Industries O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi

Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi O‘zbekistonda tabiiy gazdan benzin ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurishi mumkin.

16 aprel 2018, 15:12

Rikardo Ernesto Lagorio Argentinaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov qarorgohi Moskvada bo‘lgan Argentina elchisi Rikardo Ernesto Lagorioni qabul qildi.

16 aprel 2018, 15:07

Abu Bakr O‘rozov O‘zA rahbari o‘rinbosari bo‘ldi

Abu Bakr O‘rozov O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

16 aprel 2018, 14:36

Thales O‘zbekistonga sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishni taklif etmoqda

Sun’iy yo‘ldoshlari uchirish va boshqarish, kosmik texnologiyalardan foydalangan holda tezkor internetga ulanish — O‘zbekiston va Thales International hamkorlik rejalarida.

16 aprel 2018, 13:16

O‘zbekiston va Yevropol strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda

Yevropol O‘zbekistonni strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga imkon beruvchi ro‘yxatga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting