Yangiliklar

6 may 2020, 19:28

Sirdaryoning suv bosgan hududlarida 50 ta ko‘p qavatli uylar quriladi

Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 2020−2021 yillar davomida 50 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga dastlabki 100 milliard so‘m ajratilgan.

6 may 2020, 18:32

Qozog‘istonga qutqaruvchilar va maxsus texnika jo‘natildi

O‘zbekiston suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun Qozog‘istonga 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar jo‘natdi.

6 may 2020, 18:17

Rossiya prezidenti nomidan qoraqalpog‘istonlik urush qatnashchilariga medallar topshiriladi

Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan qoraqalpog‘istonlik 596 nafar urush ishtirokchisiga, front ortida mehnat qilgan fuqarolarga esdalik medali topshiriladi.

6 may 2020, 17:59

AQSH O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratdi

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratdi. Mablag‘lar shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish va trening o‘tkazishga ham sarflanadi.

6 may 2020, 17:46

Yana 14 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi

Koronavirus bemorlari soni kun davomida yana 14 nafarga ortib, jami 2231 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda navbatdagi 55 nafar bemor butunlay sog‘aydi.

6 may 2020, 17:45

YeXHT ombudsman idorasiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi

YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ombudsman idorasiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Ular pandemiya davrida jazoni ijro etish muassasalarida monitoring o‘tkazishda qo‘llaniladi.

6 may 2020, 17:18

Urush qahramonlari haqida yangi sayt yaratildi

“O‘zarxiv” agentligi Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan saytni ishga tushirdi.Unda urush qahramonlari haqidagi ma’lumotlar, askarlarning maktublari va bir qator muhim hujjatlar mavjud.

6 may 2020, 16:36

Farg‘ona vodiysida zilzila sezildi

Xitoy-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila Farg‘ona vodiysida ham sezildi.

6 may 2020, 16:17

Karantin: Qashqadaryo “yashil”, Surxondaryo “sariq” hududga kiritildi

Epidemiologik vaziyatga ko‘ra Qashqadaryo “yashil”, Surxondaryo esa “sariq” hududga kiritildi.

6 may 2020, 15:26

Senatorlar YeOII bilan hamkorlik masalasini ko‘rib chiqadi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi. Unda 20 ta masala, shu jumladan 10 ta qonun ko‘rib chiqiladi. YeOII bilan hamkorlik masalasi ham muhokama qilinadi.

6 may 2020, 15:09

Qozog‘iston koronavirusga qarshi choralarga 13 mlrd dollar sarfladi

Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga 13 mlrd dollar yoki YAIMning 8 foizdan ko‘prog‘i sarflanganini ma’lum qildi.

6 may 2020, 13:12

Navoiyda fojiali avariya: katta tezlikda qizil chiroqdan o‘tgan Nexia-3 simyog‘ochga urildi

Navoiyda katta tezlikda harakatlangan Nexia-3 qizil chiroqdan o‘tib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urildi. Haydovchi hodisa joyida olamdan o‘tdi.

6 may 2020, 12:57

Jizzaxda 10 yasharli qiz sel oqimida halok bo‘ldi

Jizzaxda sel oqimi tufayli 10 yasharli qiz halok bo‘ldi. U daladan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotganda sel kelib qolgan.

6 may 2020, 12:49

️Namangan va Samarqandda karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydigan bo‘ldi

️Namangan va Samarqand “qizil” — yuqori xavfli hududga kiritildi. Ushbu viloyatlarda karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydi.

6 may 2020, 10:11

Koronavirus bemorlari soni 2217 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 10 nafarga ortib, jami 2217 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 706 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

6 may 2020, 01:12

BAAdagi 48 qavatli osmono‘par binoda katta yong‘in sodir bo‘ldi

BAAning Sharja shahrida 48 qavatli osmono‘par binoda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Ko‘p qavatli bino va eng yaqin uylarda yashovchilar evakuatsiya qilindi.

5 may 2020, 23:36

Koronavirus holatlari 2207 taga yetdi (hududlar statistikasi)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni jami 2207 taga yetdi. Kun davomida 18 ta yangi holat qo‘shildi.

5 may 2020, 23:11

Tuman va shaharlar karantin darajasiga ko‘ra ajratiladi

Har bir tuman va shahar sanitariya-epidemiologik vaziyatga qarab “qizil”, “sariq” yoki “yashil” hududlarga ajratiladi.

5 may 2020, 20:39

Stikerlar bekor qilinadi, ayrim xizmat ko‘rsatish subyektlariga ishlashga ruxsat beriladi

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

5 may 2020, 20:28

Prezident: texnogen ofat qozoq birodarlarimizga ham ziyon yetkazganidan xijolatdamiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi qo‘shni qozoq xalqiga ham ziyon yetkazganiga munosabat bildirdi. “Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz”, — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting