Yangiliklar

29 may 2017, 16:36

O‘zbekiston dzyudochilari Osiyo va Okeaniya chempionatida 18 medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston paralimpiya termasi vakillari Toshkentdagi Osiyo va Okeaniya chempionatida umumiy hisobda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

29 may 2017, 14:38

Toshkentda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

Toshkentdagi kichik sanoat zonalari ishtirokchilari soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi.

29 may 2017, 13:39

Toshkentda 2018 yil kuziga qadar muz kompleksi quriladi

Toshkentdagi Humo Arena muz kompleksi qurilishi 2018 yilning uchinchi choragida yakuniga yetadi.

29 may 2017, 12:44

Buxoro va Buxoro viloyatida sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilindi

Buxoro va Buxoro viloyatida turizm infratuzilmalarini rivojlantirish hisobiga sayyohlar sonini 1,9 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda.

29 may 2017, 10:23

O‘zbekiston shifokorlar assotsiatsiyasi raisi Abdulla Xudaybergenov vafot etdi

O‘zbekiston shifokorlar assotsiatsiyasi raisi Abdulla Xudaybergenov 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

29 may 2017, 10:07

GM Uzbekistan yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni tarqatishni vaqtincha to‘xtatdi

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 31 mayga qadar shartnomalarni tuzish va avtomobillarni tarqatishni vaqtincha to‘xtatdi.

29 may 2017, 09:44

Senat Belgiya, Hindiston va Koreya Respublikasidagi elchilarni tasdiqladi

Parlament yuqori palatasi O‘zbekistonning Belgiya, Hindiston va Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarining yangi rahbarlarini tasdiqladi.

29 may 2017, 09:33

O‘zbekistonda tavsiya etilmaydigan kompyuter o‘yinlari ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda tarqatish tavsiya etilmaydigan 34 ta kompyuter o‘yini ro‘yxati tasdiqlandi.

28 may 2017, 21:23

Toshkentda Xalqaro kurash assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi

Xalqaro kurash assotsiatsiyasining asoschi raisi va vitse-prezidenti saylandi.

28 may 2017, 21:00

Poytaxtdagi Mustaqillik ko‘chasida ajratib turuvchi to‘siqlar olib tashlanmoqda (+foto)

Toshkentdagi Mustaqillik ko‘chasida harakat qismlarini ajratib turuvchi to‘siqlar olib tashlanmoqda.

28 may 2017, 20:04

Aziz Abduhakimov bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Aziz Abduhakimov rahbar bo‘ldi.

28 may 2017, 19:47

Prezident Toshkentdagi halqa temir yo‘li loyihasini tasdiqladi

Toshkentda 2017−2021 yillarda qurilishi rejalashtirilgan halqa temir yo‘l loyihasi 320,1 mln dollarga baholanmoqda.

26 may 2017, 19:51

Nizomiddin Bakirov Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga rahbar bo‘ldi

Nizomiddin Bakirov O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

26 may 2017, 18:38

Prezident Shayxontohur tumanida bunyod etiladigan ko‘ngilochar istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida quriladigan istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishdi. U yerda bionik ayvonlar, qishki bog‘, skeytbord va chang‘i uchish joylari, velosiped yo‘laklari ham bo‘ladi.

26 may 2017, 18:27

Jizzaxda «Barkamol avlod-2017» sport musobaqalari boshlandi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining «Barkamol avlod-2017» sport musobaqalarida dastlabki bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

26 may 2017, 16:43

Nizomiddin Haydarov TMI rektori etib belgilandi

Professor Nizomiddin Haydarov Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlandi.

26 may 2017, 16:31

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome’ masjidida bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti poytaxtning Shayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome’ masjidida bo‘ldi.

26 may 2017, 12:30

Toshkent islom universitetida ISESCO kafedrasi ochiladi

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti Toshkent islom universitetida o‘z kafedrasini ochadi.

26 may 2017, 07:57

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Bosh vaziri o‘rinbosari Tug‘rul Turkeshni qabul qildi.

26 may 2017, 07:53

O‘zbekiston va Turkiya qator kelishuvlarni imzoladi

O‘zbekiston va Turkiya kompaniya hamda korxonalari 2 mlrd dollardan ziyodroq qiymatdagi kelishuvlarni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting