28 yanvar, seshanba

Yangiliklar

Firdavs Abduxoliqov «O‘zbekkino» bosh direktori etib tayinlandi 

Firdavs Abduxolikov «O‘zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori etib tayinlandi.

QQS stavkasini 15 foizga tushirish rejalashtirilmoqda 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish rejalashtirilmoqda. Bu Davlat budjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln so‘mga kamaytirishi hisob-kitob qilinmoqda.

O‘zbekiston velopoygachilari Hindistonda Osiyo Kubogida 7 medalni qo‘lga kiritdi 

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda Osiyo Kubogida yettita medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etiladi 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etiladi. U reklama bozorini tartibga soladi va tovarlar xaridi ustidan nazorat o‘rnatadi.

Xitoy va Gongkong fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi 

Xitoy va Gongkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston xalqaro aeroportlari orqali 7 kungacha vizasiz rejim joriy etildi.

Xokkey: «Humo» OXL uchrashuvida «Ryazan» jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi 

Toshkentning «Humo» jamoasi Oliy xokkey ligasi chempionatidagi debyut uchrashuvida Rossiyaning «Ryazan» klubini mag‘lubiyatga uchratdi.

Stipendiyalar hajmi 400 ming so‘m bo‘ladi, biroq qayta ko‘rib chiqilishi mumkin 

Talabalar 400 ming so‘m miqdorida stipendiya oladi. Kelgusida jamoatchilikning fikri hisobga olingan holda uning hajmi o‘zgarishi mumkin.

Deputatlar mehnat vaziri lavozimiga nomzodni ma’qulladi 

Qonunchilik palatasi Toshkentning Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov nomzodini bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qulladi.

Prezident QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda o‘rta biznes toifasini joriy etish, QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Samarqandda yuz bergan YTHda «Matiz» old oynasidan chiqib ketgan yo‘lovchi vafot etgan 

Samarqandda yuz bergan «Neksiya 3» va «Matiz» o‘rtasidagi YTHda «Matiz»dagi yo‘lovchi ayol old oynadan uchib chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda professional MMA jangchisi mushtlashuvda pichoqlab o‘ldirildi 

O‘zbekistonlik professional MMA jangchisi Muslimbek Omonov tunda yuz bergan mushtlashuvda pichoqlangani sababli vafot etdi.

Murodjon Ahmadaliyevning bo‘lajak jangdagi raqibi aniq bo‘ldi 

Professional boksda ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 13 sentyabr kuni kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi jang qiladi.