Yangiliklar

4 avgust 2017, 20:17

Alisher Mustafoyev «O‘ztransgaz» rahbari bo‘ldi

Alisher Mustafoyev «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

4 avgust 2017, 20:05

Prezident to‘y marosimlaridagi ortiqcha dabdababozliklarni tanqid ostiga oldi

Prezident hukumatga bir oy muddatda oilaviy marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqishni topshirdi.

4 avgust 2017, 19:49

Saidkamol Xodjayev «Agrobank» rahbari bo‘ldi

MB raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Saidkamol Xodjayev «Agrobank» rahbarligiga tayinlandi.

4 avgust 2017, 19:42

Andijonda Muhammad Yusuf nomidagi maktab ochilmoqda

Andijonda yangi o‘quv yilidan ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab ish boshlaydi.

4 avgust 2017, 19:25

Xitoyga tijoriy tashriflar uchun viza olish tartiblari soddalashdi

O‘zbekiston tadbirkorlari Savdo-sanoat palatasi yordamida Xitoyga ishchi viza olishlari mumkin.

4 avgust 2017, 19:16 3

Kadastr ma’lumotlarini onlayn olish mumkin

Toshkentdagi ko‘chmas mulk egalari uning texnik xususiyatlari, shuningdek taqiq yoki xatlangani haqidagi ma’lumotlarni internet orqali olish mumkin.

4 avgust 2017, 15:08

Qibray uchun issiqlik energiyasining yangi tariflari tasdiqlandi

Qibray tumani uchun issiqlik energiyasining yangi tariflari 2017 yil 19 avgustdan kuchga kiradi.

4 avgust 2017, 14:58

Gonorarlar nafaqaga ta’sir qilmaydi

Prezident gonorar oluvchilarga nafaqaning yarmi berilishini uzoqni ko‘zlab qilinmagan qaror deb atadi.

4 avgust 2017, 14:29

Birinchi yarim yillikda YAIM 7 foizga o‘sdi

O‘zbekiston Yalpi ichki mahsuloti yilning dastlabki olti oyi ichida 7 foizga o‘sdi.

4 avgust 2017, 13:52

Madaniyat vazirligi TIAISVning eski binosiga ko‘chadi

Madaniyat vazirligi Taras Shevchenko ko‘chasidagi tarixiy binoga joylashadi.

4 avgust 2017, 13:14

TIV Qirg‘izistondagi YTHda jabrlanganlarning ism-shariflarini e’lon qildi

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi Issiqko‘l viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokatda jabr ko‘rgan fuqarolar ism-shariflarini e’lon qildi.

3 avgust 2017, 20:54

Issiqko‘ldagi YTHda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan bir bola jarohatlandi.

3 avgust 2017, 20:30

Bobur Alixonov Milliy teleradikompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Shu vaqtga qadar Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Bobur Alixonov MTRK rahbari v.b. etib tayinlandi.

3 avgust 2017, 18:09

O‘zLiDeP deputatlarning fuqarolar bilan onlayn muloqotini yo‘lga qo‘ydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaatlarni matn, audio va video shaklda yuborish mumkin.

3 avgust 2017, 17:44

Oliy ta’lim vaziri test savollarining takomillashmaganini tan oldi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri jurnalistlarning OTMlarga kirish sinovlari bilan bog‘liq savollariga javob qaytardi.

3 avgust 2017, 16:34

Xurshid Mirzohidov MTRK rahbari lavozimidan chetlatildi

Xurshid Mirzohidov Milliy teleradiokompaniya raisi lavozimidan ozod qilindi.

3 avgust 2017, 15:40

10-sinflar 20 avgustgacha tuziladi

75 foiz 9-sinf bitiruvchilari maktabda qolish istagini bildirdi. Prezident ta’limni davom ettirish masalasini 20 avgustgacha hal etishni buyurdi.

3 avgust 2017, 10:27

OTMlarda bir o‘rin uchun 11 nomzod kurash olib bordi

OTMlarga 730 ming abituriyent hujjat topshirib, 11,7 mingga yaqini imtihonlarda qatnashmadi, 2764 nafari qoidabuzarlik uchun test jarayonidan chetlatildi.

2 avgust 2017, 18:56

O‘zbekiston va Xitoy o‘yinchoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha QK tashkil etadi

O‘zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalardan birida xitoylik hamkorlar bilan bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqarish bo‘yicha korxona tashkil etiladi.

2 avgust 2017, 16:56

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning Hirot shahridagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting