5 iyul, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

18 fevral 2020, 09:39

Litsenziya va ruxsatnomalar berish tartiblari qayta ko‘rib chiqiladi

Prezident inson sog‘ligiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlari litsenziyalashdan chiqarib tashlanishi lozimligini ta’kidladi. Avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimni ishga tushirish belgilandi.

17 fevral 2020, 23:15

Bosh vazir YeOIIga a’zo bo‘lish masalasida gapirdi

Bosh vazir Abdulla Aripov Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan aholi bilan uchrashuvda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi masalasiga munosabat bildirdi.

17 fevral 2020, 17:44

Chilonzorda qiz bolaga hujum qilgan shaxs qidirilmoqda

Toshkent IIBB Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy liftida qiz bolaga hujum qilgan erkakni qidirmoqda.

17 fevral 2020, 17:32 1

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19−20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi.

17 fevral 2020, 17:19

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida VAZ va KIA Rio to‘qnashuvi natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

17 fevral 2020, 15:08

Hafta avvalida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda respublikaning katta qismida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Payshanba kunidan esa havo ilishni boshlaydi.

17 fevral 2020, 15:02

Aeroportlar jozibadorligi qanday ta’minlanadi?

Transport vaziri Elyor G‘aniyev aviayoqilg‘i narxlari va yig‘imlarni pasaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston aeroportlariga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. U nima uchun «Navoiy» logistika markazi rivojlana olmaganiga ham izoh berib o‘tdi.

17 fevral 2020, 14:35

Soliq kodeksida xronometraj tekshiruviga ruxsat berilmagan — DSQ

1 aprelga qadar sayyor tekshirish doirasida xronometraj tadbirini o‘tkazish tartiblari ishlab chiqiladi, deya xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra, xronometraj tekshiruvini olib borish mumkin emas.

17 fevral 2020, 14:19

Eski tahrirdagi soliq kodeksidan o‘rin olgan imtiyozlar 1 apreldan bekor qilinadi

Soliq kodeksining eski tahririda nazarda tutilgan imtiyozlar 1 apreldan boshlab bekor qilinishi belgilandi. Ushbu amaliyot iqtisodiyotda raqobat muhitining shakllanishiga xalal berayotgan soliq imtiyozlarni nazarda tutadi. Shu bilan birga, soliqqa tortishdagi ayrim imtiyozlar saqlanib qoladi.

17 fevral 2020, 13:01

IMEI-kodlarni pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiya e’lon qilindi

Mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish va jarayonni soddalashtirish to‘g‘risidagi petitsiya «Mening fikrim» portalida e’lon qilindi. Uch kun ichida murojaat 9000 dan ortiq ovoz to‘pladi.

17 fevral 2020, 12:44

UzAuto avtomobillarni Chevrolet brendi ostida eksport qilishni boshlaydi

UzAuto Motors mart oyidan boshlab eksport bozorlariga Chevrolet brendi ostida avtomobillarni sotishni boshlaydi.

17 fevral 2020, 12:15

Sirdaryo viloyatidagi yong‘inda olti kishi halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyatidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inda olti kishi, jumladan, uch bola vafot etdi.

15 fevral 2020, 16:54

2021 yildan g‘alla yetishtirish bo‘yicha davlat buyurtmasi bekor qilinadi

2021 yildan boshlab davlatga g‘alla sotish rejasi to‘liq bekor qilinib, mahsulotni bozor narxlarida sotib olish yo‘lga qo‘yiladi. Joriy yilda davlat xaridlari hajmi kamaytirilishi munosabati bilan fermerlar qo‘lida ortiqcha 1 mln tonna g‘alla qoladi.

15 fevral 2020, 15:08

Qo‘qonda bir jinoyat ishi doirasida 55 kishi qo‘lga olindi

Qo‘qonda qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida 55 kishi ushlandi. Qo‘lga olish vaqtida bir qancha ekzotik qurol turlari olib qo‘yildi.

15 fevral 2020, 12:50

Konsullik ro‘yxatidan elektron tarzda o‘tish imkoni yaratildi

Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolar uchun konsullik ro‘yxatidan elektron tarzda o‘tish imkoni yaratildi.

14 fevral 2020, 20:54

Toshkent IIBB xodimlari ikki kun ichida 224 ta pichoqni olib qo‘ydi

Toshkent IIBB xodimlari tomonidan ikki kun davomida o‘tkazilgan tekshiruvlarda fuqarolardan 224 ta pichoq, shuningdek, to‘qmoqlar, metall sim va tayoqlar, pnevmatik to‘pponcha olib qo‘yildi.

14 fevral 2020, 19:01

Sirdaryo IES yaqinida quvvati undan 1,7 baravar yuqori bo‘lgan yangi IES quriladi

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Sirdaryo viloyatida 1,5 GVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi. Kompaniya qurilish uchun tanlangan maydonchada tuproqni o‘rganishni boshlab yubordi.

14 fevral 2020, 17:52

Bandixon tumaniga prokuror, soliq va IIB rahbari tayinlandi

Yangi tashkil etilgan tumanga soliq, prokuror va IIB rahbari tayinlandi. Shuningdek, tumanga yangi hokim ham saylangan.

14 fevral 2020, 17:42

10 kun davomida yo‘l-transport hodisalarida 41 kishi halok bo‘ldi

Fevral oyining dastlabki 10 kunida O‘zbekistonda 126 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularda 41 kishi halok bo‘ldi, 136 kishi jarohatlandi.

14 fevral 2020, 16:37

YeOII va JSTga a’zo bo‘lishni taqqoslash kerak emas — tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov YeOII va JSTga a’zo bo‘lishni taqqoslamaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikkala tashkilotga a’zolik bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, barcha ijobiy va salbiy tomonlar o‘rganilmoqda.