Yangiliklar

16 iyun 2017, 04:14

Samvel Babayan futbol bo‘yicha terma jamoaga rahbarlik qilishda davom etadi

Futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyini lavozimidan chetlatmaslikka qaror qildi. Sentyabrda federatsiya rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

15 iyun 2017, 23:44

Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Rustam Aminov Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

15 iyun 2017, 17:54

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi

Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 1 iyuldan kuchga kiradi.

15 iyun 2017, 16:14

Toshkentda to‘rtta yangi ichki ishlar bo‘limlari ochildi

IIV rahbari Toshkentda to‘rtta shahar ichki ishlar bo‘limini ochdi. Poytaxtda jami 70 ta shunday bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi.

15 iyun 2017, 11:10

«O‘zbekiston 24» kanali milliy TVda tub burilish yasaydi — direktor

Yangi «O‘zbekiston 24» teleradiokanalini efirga uzatish ishlari so‘nggi bosqichda. Dastlab radiokanal, so‘ngra sayt va undan keyin telekanal ishga tushadi.

15 iyun 2017, 10:14

O‘z joniga qasd qilishgacha olib borganlik uchun jazo kuchaytirildi

Jinoyat kodeksida o‘z joniga qasd qilishgacha olib borganlik uchun jazo kuchaytirilib, o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun choralar joriy etildi.

14 iyun 2017, 17:28

Toshkent va poytaxt viloyati hokimiyatlarining transport departamentlari tugatiladi

Takrorlanuvchi jarayonlar poytaxt hududida yo‘lovchi transportining rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda, deyiladi Prezident qarori loyihasida.

14 iyun 2017, 12:08

«O‘zbekenergo» rahbari o‘zgardi

«O‘zbekenergo» kompaniyasiga Jizzax viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Mustafoyev rahbar bo‘ldi.

14 iyun 2017, 11:57

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida 48 medalni qo‘lga kiritdi

Qirg‘izistonda armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 18 ta oltin, 13 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

14 iyun 2017, 05:55

Toshkent ekobog‘i vaqtincha (19 iyungacha) yopildi

Yaqindagina ochilgan Bobur nomidagi Markaziy ekobog‘ yakunlanmagan ishlarni amalga oshirish uchun yopildi.

14 iyun 2017, 05:46

Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi tashkil etildi

Mir Arab madrasasi oliy diniy ta’lim muassasasi sifatidan ro‘yxatga olindi.

14 iyun 2017, 05:23

Ekokapsula, elektrokar, o‘zi quvvatlanuvchi telefon — O‘zbekiston «EKSPO-2017"da

O‘zbekiston Ostonadagi «EKSPO-2017» tashrif buyuruvchilarini kelajak ishlanmalari bilan hayratga solmoqda.

14 iyun 2017, 05:02

Sherzod Obloqulov Toshkent prokurori etib tayinlandi

Sirdaryo viloyat prokurori bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Obloqulov Toshkent prokurori etib tayinlandi.

13 iyun 2017, 18:34

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Baykalortidagi YTH munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

13 iyun 2017, 18:12

Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyat hokimi v.b. etib saylandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdimnomasi bo‘yicha Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyat hokimi v.b. etib saylandi.

13 iyun 2017, 17:57

Suv ta’minoti yagona billing tizimiga ulanadi

Yil oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida suv ta’minoti yagona billing tizimiga ulanadi.

13 iyun 2017, 17:30

Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga qator yangi vazifalar yuklatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jahon standartlarini joriy etishga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

13 iyun 2017, 16:16

Toshkentdagi bir qator ko‘chalar qayta nomlandi

Poytaxtda Bo‘zsuv kanali orqali o‘tgan ayrim yangi ko‘chalarga nom berildi.

13 iyun 2017, 13:22

Bosh vazir o‘rinbosarlari soni qisqardi

O‘zbekiston hukumati tuzilmasida bosh vazir o‘rinbosari lavozimlaridan biri bekor qilindi, ayrim komplekslar qayta tashkil etildi.

13 iyun 2017, 12:39

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqotda SHHT doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidlashdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting