Yangiliklar

19 sentabr 2017, 12:07

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka yetib bordi. Jon Kennedi aeroportida uni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi rahbari qarshi oldi.

19 sentabr 2017, 10:30

Ohangaron tumanida to‘rt kishi YTH natijasida halok bo‘ldi

«Guliston-Angren» yo‘lida sodir bo‘lgan YTH natijasida to‘rt kishi vafot etdi. Yil boshidan buyon Toshkent viloyatida odamlar o‘limi va jarohatlanishiga olib kelgan 900 dan ziyod YTH qayd etildi.

19 sentabr 2017, 10:15

Dollarning rasmiy kursi 14,65 so‘mga pasaydi

Markaziy bank ketma-ket ikkinchi hafta AQSH dollari kursini pasaytirmoqda.

18 sentabr 2017, 19:19

O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi Ostonadagi binoning qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Ostonada qurilayotgan binoning tom va devorlari qulab tushishi oqibatida O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi halok bo‘ldi.

18 sentabr 2017, 17:42

Botanika va zoologiya instituti ikkita muassasaga bo‘lindi

Botanika va zoologiya instituti bazasida ikkita alohida ilmiy muassasa tashkil etildi.

18 sentabr 2017, 16:07

Plastik kartochkalar bo‘yicha tariflar rejasi yangilandi

Plastik kartochkalarni chiqarish va to‘lov terminallari ijarasi tariflari so‘mga o‘tkazildi.

18 sentabr 2017, 12:00

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Osiyo o‘yinlari ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.

18 sentabr 2017, 11:39

O‘zbekiston va Qozog‘iston 1,2 mlrd dollarlik shartnomalarni imzoladi

Ostona va Toshkentdagi o‘zbek-qozoq biznes-forumlar yakunlari bo‘yicha 1,2 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi.

18 sentabr 2017, 10:29

O‘zbekiston 50 mingga yaqin myanmalik qochoqqa ko‘mak ko‘rsatadi

O‘zbekiston Bangladeshga 8000 rohinja qochoqlari oilalari uchun insonparvarlik yordamini yetkazadi.

17 sentabr 2017, 09:01

Shavkat Mirziyoyev 18−20 sentyabr kunlari AQSHga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi.

16 sentabr 2017, 19:47

O‘zbekiston va Qozog‘iston qator hujjatlarni imzoladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi.

16 sentabr 2017, 18:47

Barcha tuman va shaharlarda pulli bolalar bog‘chalari va maktablar ochiladi

Har bir tuman va shaharda eng kamida bittadan nodavlat ta’lim muassasasi ochiladi. 10 foiz o‘rinlar ehtiyojmand oilalarning iqtidorli bolalari uchun bepul ajratiladi.

16 sentabr 2017, 13:46

Poytaxtda «Toza havo» operatsiyasi o‘tkazilmoqda

Toshkentda transport vositalari chiqarayotgan zaharli gazlar miqdorini tekshirish bo‘yicha «Toza havo» operatsiyasi o‘tkazilmoqda.

16 sentabr 2017, 13:27

Islohotlar iqtisodiyotni sezilarli darajada taraqqiy ettiradi — XVJ

O‘zbekiston ko‘pgina qiyinchiliklarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi, biroq islohotlar samarali iqtisodiy tizimni yaratishga imkon beradi, deya ma’lum qildi XVJ vakili.

16 sentabr 2017, 12:51

Milliy bog‘ qayta quriladi, u dushanba kunidan yopiladi

Milliy bog‘ o‘rnida yuqori texnologiyali, delfinariya, «Amerika tepaligi», syorfing uchun joy va savdo-ko‘ngilochar markaz barpo etiladi.

16 sentabr 2017, 12:24

Qozog‘iston ilk bor Toshkentda maxsus mahsulotlarini namoyish etdi (+foto)

Harbiy texnika, elektrokarlar, kosmik yo‘ldoshlar va Qozog‘iston sanoatining boshqa mahsulotlari — «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmasida.

16 sentabr 2017, 12:06

Yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish to‘g‘risidagi qaror o‘rganib chiqiladi

Yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda malaka oshirib, Avtotest sertifikatini olishi to‘g‘risidagi qaror o‘rganib chiqiladi — SSP rahbarining birinchi o‘rinbosari.

16 sentabr 2017, 11:03

Markaziy bank inflyatsion targetlashga o‘tadi

Pul-kredit siyosati maqsadlariga erishishning tamoyil va mexanizmlari inflyatsion targetlash rejimiga qayta yo‘naltiriladi.

15 sentabr 2017, 12:35

Onlayn-auksionda birinchi «chiroyli» avtoraqam sotildi

Onlayn-auksionda sotilgan birinchi avtoraqam E070EA (Jizzax viloyati) bo‘ldi.

15 sentabr 2017, 12:09

Jasurbek Ibragimov o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha tergov tugallandi — prokuratura

Jasurbek Ibragimov o‘limi bo‘yicha ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga oshirildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting