8 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

9 aprel 2020, 22:30

Jarlik ustidagi quvurlardan mashinada o‘tgan haydovchi jarimaga tortildi

Qashqadaryoda Spark avtomobilida jarlik ustidagi suv quvuridan o‘tgan haydovchiga 2,23 mln so‘mlik jarima tayinlandi. Quvur ustiga esa to‘siq o‘rnatildi.

9 aprel 2020, 20:16

Dunyo mamlakatlari yangi iqtisodiy inqirozga qarshi qanday kurashmoqda?

COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda. «Gazeta.uz» bir qator rivojlangan va qo‘shni mamlakatlarning koronavirus pandemiyasiga qarshi qabul qilgan iqtisodiy rag‘batlantirish dasturlarining qisqa tahlilini taqdim etadi.

9 aprel 2020, 19:59

Banklarning loyiha portfellari qayta ko‘rib chiqiladi

Markaziy bankka ishlab chiqarish korxonalari faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun banklar orqali 30 trillion so‘m aylanma mablag‘lar ajratilishini ta’minlash topshirildi. Banklarga mablag‘larni yangi ish o‘rinlari yaratish uchun yo‘naltirish tavsiya etildi.

9 aprel 2020, 18:17

Hukumat a’zolari virus blokatorlarini taqishmoqda

Bosh vazir Abdulla Aripov, IIV rahbari Po‘lat Bobojonov, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va, ehtimol, boshqa hukumat vakillari virus blokatorlaridan foydalanishni boshlashdi.

9 aprel 2020, 17:34

Xushxabar! Yana 8 nafar koronavirus bemori sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 8 nafar koronavirus bemorining to‘liq sog‘ayganini xabar qildi. Shunday qilib, tuzalganlar soni 38 nafarga yetdi.

9 aprel 2020, 16:01

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 582 taga yetdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 582 taga yetdi. Yana 27 kishida infeksiya aniqlandi.

9 aprel 2020, 15:34

Nima uchun tibbiyot xodimlari koronavirus yuqtirib oldi?

Tibbiyot xodimlarining koronavirus yuqtirib olishi O‘zbekistonda infeksiya tarqalgan ilk vaqtlarda qayd etildi. Chunki xodimlar hali infeksiya bilan yaxshi tanish emas edi. Hozirda bunday holatlar yo‘q, virus kontagiozligi yaxshi o‘rganildi.

9 aprel 2020, 15:10

Toshkentning 5 tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod tumanlarida ichimlik suv ta’minotida to‘liq uzilishlar yuzaga keldi. 9 aprel soat 18:00ga qadar tarmoqdan uzilgan iste’molchilar qayta ulanishi kutilmoqda.

9 aprel 2020, 15:05

O‘zbekistonda qancha avtomobilga stiker berilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 8 aprelga qadar avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma olish uchun 194 mingdan ziyod ariza topshirildi. Jami 33 mingta transport vositasiga stiker berildi.

9 aprel 2020, 14:55

Toshkentdagi 6-tug‘ruqxona karantinga yopildi

Toshkentdagi 6-tug‘ruqxona karantinga yopildi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxsda COVID-19 aniqlandi.

9 aprel 2020, 14:40

Toshkentda qor yog‘ishi sababli elektr va isitish tarmoqlarida uzilishlar ro‘y berdi

Toshkentda qattiq shamol esishi va qor yog‘ishi sababli 44ta elektr stansiyasi va 20 ta gaz tarmog‘ida uzilishlar yuz berdi. 148 ta ko‘p qavatli uyga issiqlik ta’minotini yetkazishning vaqtincha imkoniyati yo‘q. Ko‘plab uzilishlar bo‘yicha tuzatish ishlari tugatilgan.

9 aprel 2020, 13:40

Kuchli shamol natijasida kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qoldi

O‘zbekistonda kuchli qorli shamol mamlakatning deyarli barcha viloyatlarida daraxtlar qulashi va elektr ta’minotida uzilishlarga olib keldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 63 ming xonadon vaqtincha elektr ta’minotisiz qoldi.

9 aprel 2020, 13:26

Avtomobil harakatlanishiga stiker talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini yangiladi. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ruxsatnomalar berilishi to‘xtatildi.

9 aprel 2020, 13:05

Aprelda qor yog‘ishi qanchalik noyob hodisa?

Aprelda qor yog‘ishi hamda atrofning qor bilan qoplanishi — O‘zbekiston iqlimi uchun noyob hodisa bo‘lib, bu holat oxirgi marta 2014 yilda kuzatilgan. Ushbu oyda yana qor yog‘ishining ehtimoli esa past. O‘zgidromet ob-havoning yaqin kunlarda tezda ko‘tarilishini bashorat qilmoqda.

9 aprel 2020, 12:30

2020 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sish darajasi 1,6% bo‘lishi kutilmoqda — Jahon banki

Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sish darajasi keskin pasayib, 1,6 foizni tashkil etadi. Mehnat muhojirlari yuboradigan pul o‘tkazmalari 50 foizga qisqarishi mumkin.

9 aprel 2020, 12:29

O‘zbekistonda COVID-19 test tizimlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda mahalliy COVID-19 test tizimini ishlab chiqarishga erishildi. Tez orada oksigenatsiya niqobi, unga moslashtirilgan venturi klapani hamda IVL uskunalari uchun bakterial-virus filtrlarni ishlab chiqish ham yo‘lga qo‘yiladi.

9 aprel 2020, 12:08

Uy itlarini kuniga bir marotaba sayr qildirish mumkin

Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida uy hayvonlari (uy itlari)ni 100 metr atrofida kuniga bir marotaba sayr qildirishga ruxsat berildi.

9 aprel 2020, 11:12

UFC xususiy orolda musobaqa o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoda qariyb barcha sport tadbirlari bekor qilindi. Biroq xususiy orollardan birida UFC har hafta aralash janglar musobaqasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. UFC 249 musobaqasida o‘zbekistonlik Mahmud Murodovning ham ishtiroki kutilayotgan edi, ammo jang bekor qilindi.

9 aprel 2020, 10:57

Elektr ta’minotini tiklash choralari ko‘rilmoqda

Qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi va elektr qurilmalaridagi avariyaviy holatlar natijasida mamlakat hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda uzilishlar paydo bo‘lgan. Joylarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilayotganligi aytildi.

9 aprel 2020, 10:51

Tojikistonga insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish uchun Tojikistonga epidemiyaga qarshi kurashda zarur bo‘ladigan tibbiy va oziq-ovqat mahsulotidan iborat insonparvarlik yordamini yubordi.