Yangiliklar

17 iyul 2021, 12:33

Akademik litseylarning imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi

O‘zbekistondagi akademik litseylarda dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlar sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

17 iyul 2021, 12:23

Germaniyadagi toshqinlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Germaniyaning g‘arbiy qismlarida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Reynland-Pfals federal yerida kamida 63 kishi, Shimoliy Reyn-Vestfaliyada kamida 43 kishi vafot etgani hozircha ma’lum. 1000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Hududda mobil aloqa mavjud emas, shuning uchun rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qayerda ekanliklari haqida xabar bera olmayapti.

17 iyul 2021, 12:04

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi

Kosonsoy tumaniga sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi. Endilikda hodisa oqibatida vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi.

17 iyul 2021, 12:03

2021 yilda soliq tushumlari qanday o‘sdi?

Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari 28,7% ga — 74,9 trln so‘mgacha o‘sdi. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlarning 67,8 foizi oltin va mis qazib olish korxonalari, QQS bo‘yicha — neftgaz sektori va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari hamda avtomobil va ehtiyot qismlari importi hissasiga to‘g‘ri keldi.

17 iyul 2021, 11:12

Buxoroda 20 sotix yerni 8000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida hokimlik zaxirasida turgan 20 sotix bo‘sh yer maydonini 8000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

17 iyul 2021, 11:12

Vaksina olmaslik durust emas — O‘zbekiston musulmonlar idorasi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi emlanish va vaksinalar haqida tarqalayotgan gaplarga izoh berdi. «Vaksina olmaslik, uning tarkibi to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas», — deya ta’kidlandi fatvoda. Avvalroq, idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘qligi haqida ma’lum qilgan edi.

17 iyul 2021, 10:28

Bir kunda 400 dan ortiq pnevmoniya holatlari qayd etildi

Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshdi. 4 kishi vafot etdi.

17 iyul 2021, 09:55

AOKA bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov vafot etdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi.

17 iyul 2021, 09:25

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Haydarov Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari vazifasiga tayinlandi.

16 iyul 2021, 23:48

Qurbon hayiti namozi ado etilmaydi, juma namozlari ham vaqtinchalik o‘qilmaydigan bo‘ldi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi pandemiya munosabati bilan ado etilmaydigan bo‘ldi. O‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi. Shuningdek, juma namozlari ham vaqtincha o‘qilmaydi.

16 iyul 2021, 21:30

Jahon yangiliklari dayjesti

BAAda komendantlik soati va mamlakatga kirish tartibining yangilangani, JARdagi tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining vafot etgani, BMT bosh kotibining Olimpiya sulhiga rioya qilishga chaqirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

16 iyul 2021, 21:02

16 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning bir qator xorijiy TIV rahbarlarini qabul qilishi, avtokreditlarning 40 foizga oshishi, G‘ijduvonda bir guruh ayollar kredit sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishi, Ozarbayjonning O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yuborishi — “Gazeta.uz"ning 16 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

16 iyul 2021, 20:34

«Toliblar bilan muzokara olib borish uchun barcha choralardan foydalanyapmiz» — Ashraf G‘ani

«Tolibon» taklif qilgan yagona tanlov — ular tomonga o‘tish yoki taslim bo‘lish, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha konferensiyada. U hukumat toliblar bilan muzokaralar olib borish va ularga yon bosmaslik uchun barcha choralardan foydalanilayotganini qo‘shimcha qildi.

16 iyul 2021, 20:25

Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkentning Mirobod tumanida 56 yoshli piyodani Tracker avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etdi.

16 iyul 2021, 19:47

«Afg‘onistonda tinchlikni ilgari surish bo‘yicha jamoaviy mas’uliyatni zimmamizga olamiz» — Jozep Borrel

Yevroittifoq tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha konferensiyada Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va xalqaro hamkorlar ushbu mamlakatda tinchlik va taraqqiyotni ilgari surish borasida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi.

16 iyul 2021, 19:22

«Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun imkoniyatlarni izlashda davom etish kerak» — MO va Rossiya TIV rahbarlari

Markaziy Osiyo va Rossiya TIV rahbarlari qo‘shma bayonotda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun imkoniyatlarni qidirishda davom etish kerakligini ta’kidlashdi va ixtilofdagi barcha tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirishdi.

16 iyul 2021, 18:25

«Bugun Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya davomida Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirayotganini aytdi. U shuningdek, afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga ishonch bildirdi.

16 iyul 2021, 17:26

G‘ijduvonda bir guruh ayollar kredit sababli yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Buxoroning G‘ijduvon tumanida 15 nafardan ziyodroq ayollar avtotrassani to‘sib qo‘ydi. Buxoro viloyat MTB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular bolalar bog‘chasi qurishi kerak bo‘lgan mahalliy tadbirkor bilan kelishib ish qilishgan. Yo‘lni to‘sib qo‘yish aksiyasi natijasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat IIB.

16 iyul 2021, 16:16

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlari sammiti 6 avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi 6 avgust kuni Turkmanistonning «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadi. Sammitga tayyorgarlik masalalari prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

16 iyul 2021, 16:09

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 24,69 so‘mga pasaydi va jami 10 625,97 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting