Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini qurol bilan tahdid qilib, tan jarohati yetkazishda gumonlanib besh kishi qo‘lga olindi. Hujum qilganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.
Samarqand viloyatida Hollywood nusxasidagi kino olish shaharchasi — Cinema City Sollywood quriladi. 45 mln dollarlik loyiha dam olish va istirohat bog‘lari, akvapark va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida iste’mol savatchasi va yashash minimumini aniqlash metodologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Iqtisodiyot va sanoat vaziri uning yakunlari ehtiyotkorlik yuzasidan hozircha e’lon qilinmasligini ma’lum qildi.
Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakuniga yetganini xabar qildi. Ular ta’magirlik, talon-taroj qilish va jinoiy guruh tashkil etish bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.
AQSH Moliya vazirligi Evil Corp. xakerlar guruhi va ular bilan aloqador shaxslar, jumladan O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu guruh turli davlatlarda 100 mln dollardan ziyod mablag‘larni o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda.
Sud Samarqandda noqonuniy qurilgan 26 ta uyni buzish uchun 7,5 mlrd so‘mlik tovon pulini to‘lash to‘g‘risidagi jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda. Ayblanuvchilar orasida — sobiq hokim o‘rinbosari (hozirda viloyat bosh arxitektori) va Kapital qurilish direksiyasining sobiq o‘rinbosari.
Umraga borishni xohlovchilarning ko‘pligi va ular oldida qator to‘siqlar borligi sababli fuqarolar boshqa yo‘llarni topish, jumladan o‘zga davlatlar orqali muqaddas ziyoratlarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda, deya ma’lum qildi Turizm qo‘mitasi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 terma jamoasi murabbiylari Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvdagi janjal sababli lavozimidan chetlashtirildi. Jamoani Osiyo chempionati finaliga yangi murabbiy — Timur Kapadze tayyorlaydi.
O‘qituvchilar malakasini oshirishda metodistlar o‘rnini mentorlar egallaydi. Malaka oshirish instituti negizida Xalq ta’limi akademiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.