18 sentabr, chorshanba

Yangiliklar

«Kelgusi 10 yil davomida O‘zbekiston Markaziy Osiyoning ta’lim markaziga aylanishi kerak» — Aziz Abduhakimov 

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov mustaqil OTMlar, qabul kvotasining bekor bo‘lishi, imtihonlarning yangi formati haqida fikr bildirdi.

O‘zbekistondan tashqarida ishga joylashtiradigan agentliklarning 50 ming dollar zaxirasi bo‘lishi zarur — Senat 

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida"gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

37,7 ming dollarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxslar bojxonachilar tomonidan to‘xtatildi 

O‘zbekiston bojxonachilari naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishiga doir qoidabuzarliklarni fosh qildi.

Poytaxtdagi bolalar bog‘chasida yirik qoidabuzarliklar aniqlandi 

Toshkentdagi 197-bolalar bog‘chasida mahsulotlarning o‘g‘irlanishi, bolalar va xodimlarning rasmiylashtirilmagani va ota-onalardan pul yig‘ish kabi holatlar aniqlandi.

Taqiqlangan tashkilotlarning pushaymon bo‘lgan a’zolari qaytish imkoniga ega bo‘ldi 

Prezident taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolar (jumladan xorijda yurgan) murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etdi.

Maktab direktorlariga korrupsiyaga chek qo‘yish topshirildi 

XTV maktab direktorlariga korrupsiya va pul yig‘ishlarga chek qo‘yish topshirildi. Ta’lim sifatini oshira olmagan maktablar muvaffaqiyatli maktablar filiallariga aylantiriladi.

Prezident AKTni rivojlantirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi 

Shavkat Mirziyoyev internetga ulanish tezligini oshirish va «O‘zbektelekom» obro‘sini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Germaniyalik talabalar Samarqandda o‘zbek tilini o‘rganadi 

Samarqand CHTIda Germaniyaning Humboldt universiteti bilan hamkorlikda Germaniyadan kelgan talabalar uchun «O‘zbek tili, madaniyati va Samarqand hayoti» nomli o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘zbekistonda «Banklararo Milliy protsessing markazi» tashkil etiladi 

Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida «Banklararo Milliy protsessing markazi» tashkil etilmoqda.

Olmaliqlik fuqaro 6 kg.dan ziyod marixuana bilan qo‘lga tushdi 

Olmaliq shahrida kuni viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Qoradori-2018» tadbiri davomida fuqaro N.N.ning sumkasidan 6 kg. 453 gr. Marixuana topildi.

Ko‘chmas mulkni notarial tasdiqlash vaqti qisqardi 

Notarial harakatlarni amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni olish uchun notarial idoralarning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha 6 ta ma’muriy reglamentni tasdiqlandi.

Marg‘ilonda «Atlas bayrami» o‘tkazildi 

11 -15 sentyabr kunlari Marg‘ilon shahrida «Atlas bayrami» an’anaviy to‘qimachilikning to‘rtinchi festivali bo‘lib o‘tdi.

reklama