19 sentabr, payshanba

Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligida O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan delegatsiyani qabul qildi.

Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzoladi 

MMA bo‘yicha -84 kg vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan Mahmud Murodov mazkur sport turining eng nufuzli yo‘nalishi sanalgan UFC bilan shartnoma imzoladi.

Sudlarda yagona elektron to‘lov tizimi joriy etildi 

Endilikda sudga murojaat qilganlik uchun to‘lovlarni avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirish mumkin.

AQSH O‘zbekistonga radiatsiyani aniqlovchi uskuna taqdim etdi 

AQSH O‘zbekistonga Afg‘oniston bilan chegarada radioaktiv materiallar kontrabandasini aniqlash uchun uskuna taqdim etdi.

O‘zbekistonlik parasuzuvchilar Paralimpiada-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 

Parasuzuvchilar Shohsanam Toshpo‘latova, Islom Asanov va Firdavs Musabekov Tokiodagi Paralimpiada-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Dron yordamida chegaradan tramadol olib o‘tilishiga chek qo‘yildi 

Chegarachilar Toshkent viloyatida chegara orqali dron yordamida 600 plastinkadagi «Tramadol» dori vositasining olib o‘tilishiga chek qo‘ydi.

Afg‘onistonda EULdagi portlash O‘zbekistondan energiya yetkazib berishni qisqartirdi 

Jangarilar elektr uzatish liniyasini portlatgani sababli O‘zbekistondan Afg‘onistonning 11 ta provinsiyasiga elekr uzatish keskin qisqardi.

Madrasalarda inklyuziya bo‘ladimi? 

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan yoshlar O‘zbekistondagi o‘rta maxsus va oliy islom ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘la oladilarmi? Dilmurod Yusupov va Ulug‘bek Mamatxonov ushbu masalani o‘rgandi.

Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari prokurorlari o‘rin almashdi 

Surxondaryo viloyati prokurori Ulug‘bek Qosimov va Farg‘ona viloyati prokurori Sadriddin Turdiyev o‘rin almashdi.

Namangandagi xalqaro forumda 92,7 mln. dollarlik 22 ta kelishuv imzolandi 

Namanganda o‘tkazilgan «XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikaning rivojlanishida investitsiyalar va innovatsiyalarning roli» mavzuida xalqaro konferensiyada 92,7 mln. dollarlik kelishuvga erishildi.

Toshkentda Koreyaning Shinxan universiteti filiali tashkil etiladi 

Koreyaning Shinxan universiteti bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

«Dunyo» axborot agentligining vazifalari belgilandi 

Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

reklama