13 iyul, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

10 iyul 2020, 11:54

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Markaziy bank statistika va tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

10 iyul 2020, 11:43

Seul meri o‘lik holda topildi

Seulning bedarak yo‘qolgan meri Pak Von Sun o‘lik holda topildi. O‘limning dastlabki sababi sifatida o‘z joniga qasd qilish aytilmoqda. Uning ish stolida xayrlashuv maktubi topilgan. Avvalroq, Seul meriga qarshi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblovlar ko‘yilgandi.

10 iyul 2020, 10:58

Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Jamshid Abruyev Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, u ushbu vazirlikning boshqarmalaridan biriga boshliq bo‘lib kelayotgan edi.

10 iyul 2020, 10:13

Zarafshonlik koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 yoshli zarafshonlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 52 nafarga yetdi.

10 iyul 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 11,7 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 159 nafarga ortib, jami 11723 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazi, Toshkent shahri, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 49 nafari aholi orasida.

10 iyul 2020, 00:02

Koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi yana rekord qayd etdi — 472 ta

9 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar (472 kishi) va o‘lim ko‘rsatkichlari (6 ta) bo‘yicha rekord yangilandi. 190 ta holat aholi orasida aniqlandi. 10 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.

9 iyul 2020, 23:55

COVID-19: 51-o‘lim Surxondaryoda qayd etildi

Surxondaryoda koronavirus aniqlangan 35 yoshli erkak bemor hayotdan ko‘z yumdi. U ham o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, uyida mustaqil davolangan. O‘zbekistonda kun davomida 6 kishi, umumiy 51 kishi koronavirusdan vafot etdi.

9 iyul 2020, 22:37

Koronavirusdan 50-o‘lim qayd etildi

Koronavirusdan navbatdagi — 50-o‘lim Buxoroda qayd etildi. 53 yoshli bemor 20 iyundan buyon davolanib kelayotgan edi.

9 iyul 2020, 20:14

USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi

USAID O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qo‘shimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini ko‘paytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi. Loyiha 18,9 million dollarga baholanmoqda.

9 iyul 2020, 20:01

“Hozircha birinchi sinflar uchun onlayn ta’limni joriy qilish haqida gap yo‘q” — Sherzod Shermatov

Xalq ta’limi vaziri epidemiologik vaziyat sentyabrgacha yaxshilansa, bolalar maktablarda o‘qishni boshlashini ma’lum qildi. Darslarni televideniye orqali namoyish etish esa to‘xtamaydi.

9 iyul 2020, 18:25

Qashqadaryoda shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shifokor karantin talablariga rioya etmagan holda qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hokim taksilar Respublika maxsus komissiyasi talablarini bajarmasa ularning faoliyati to‘xtalishi mumkinligini ham bildirib o‘tdi.

9 iyul 2020, 17:57

“Tadbirkorga xiyonat qilgan — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi” — prezident

Shavkat Mirziyoyev hokimlar va bankirlarni tadbirkorlar bilan ishlash tizimi yo‘qligi sababli tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 59 ta tuman va shahrda biznes muhit “yomon” deb baholangan. “Tadbirkorga xiyonat qilgan odam — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi”, — dedi prezident.

9 iyul 2020, 17:43

Uzbekistan GTL zavodi qurilishida 130 ga yaqin COVID-19 holati aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL zavodi qurilishi ishtirok etayotganlar orasida 130 ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.

9 iyul 2020, 17:24

“Sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi” — Inomjon Majidov

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100 foiz, kechkisi esa 50 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.

9 iyul 2020, 17:07

Yana 188 nafar kishida koronavurus tasdiqlandi (jami — 11447)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 188 taga oshib, jami 11447 taga yetdi. Ularning aksariyati Karantin markazida va Toshkent shahrida aniqlandi. Aholi orasida 66 ta holat qayd etildi.

9 iyul 2020, 16:48

28 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 28 yoshli jizzaxlik bemor (ayol) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u uy sharoitida davolanib yurgan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 49 nafarga yetdi.

9 iyul 2020, 16:41

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi

Toshkent hokimi karantin talablari kuchaytirilayotgani sababli poytaxt aholisini beparvo bo‘lmaslikka, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka, onlayn xizmatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, hokim uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olingan bemorlarga tibbiy maslahat ko‘rsatuvchi 1105 raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

9 iyul 2020, 16:28

Toshkentlik 51 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 48 nafarga yetdi.

9 iyul 2020, 16:03

Prezident XMTning global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkilotining pandemiya davrida Mehnat munosabatlari bo‘yicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda davlat rahbari BMT shafeligida Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

9 iyul 2020, 15:34

Serbiyaning bir nechta shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

8 iyul kuni kechqurun Serbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyish ishtirokchilari, bir necha ming kishi, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan va xukumatning koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan harakatlaridan noroziligini bildirdi.