21 fevral, juma

Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromovga yangi vazirning o‘rinbosari vazifalari ham yuklatildi 

Ichki ishlar vaziri Aziz Ikromov zimmasiga yangi tashkil etilgan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifalarini yuklatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari tarixiy obidalarga zarar yetkazayotgan omillarni sanab o‘tdi 

Madaniyat vaziri o‘rinbosari, san’atshunoslik fanlari doktori Kamola Oqilova madaniy meros ob’ektlariga zarar yetishi va ularning yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni ma’lum qildi. Uning aytishicha, eng katta zarar mahalliy hokimiyatning qurilish ishlaridagi siyosatidan kelib chiqmoqda.

Uxandan evakuatsiya qilingan fuqarolarda koronavirus alomatlari aniqlanmadi 

Xitoyning Uxan shahridan evakuatsiya qilingan 84 kishi ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Ularda koronavirus alomatlari aniqlanmadi.

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli qoldirildi 

5−6 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli kuzga qoldirildi.

Toshkent viloyatining to‘rtta tumaniga hokimlar tayinlandi 

Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlari hokimlari o‘zgardi.

Reportaj: Demokratik yangilanish masalasiga daxldor xalqaro anjuman 

Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda mamlakatni demokratik yangilash jarayonida parlament va hokimiyat vakillik organlari vazifalari tahlil qilindi. Unda parlament rahbariyati, vazirlar va ekspertlar o‘z mulohazalarini bildirdi. «Gazeta.uz» anjumandagi asosiy fikrlarni bir maqolaga jamladi.

Toshkentda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari va a’zolari qo‘lga olindi 

Toshkentda «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti tarafdordari va a’zolari aniqlanib, 21 kishi qo‘lga olindi.

Prezident Turkiyaga jo‘nab ketdi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqaraga jo‘nab ketdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi 

Prezident farmoni bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. FHDYO organlari DXA tasarrufiga o‘tkaziladi.

Jinoyat sudida ilk bor bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi ochildi 

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ilk bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi tashkil etildi. U sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish vaqtida bolalarga ruhiy shikast yetkazish ehtimolini imkon qadar kamaytirishga yordam beradi.

O‘zbekiston aholisi 34 million kishiga yetdi 

Yil boshidan beri O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 100 ming kishiga ko‘payib, 34 millionga yetdi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha amaliy uchrashuvlar yana davom etadi — TIV 

Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishlari qaytadan boshlanadi.