31 mart, seshanba

Yangiliklar

Karantinda mashina boshqarish uchun ruxsatnoma berishning yangi tartiblari ishlab chiqildi 

Karantin vaqtida avtotransport vositalarini boshqarishga ruxsatnoma berishning yangi tartiblari ishlab chiqildi. Ayrim transport vositalarining ruxsatnomasiz harakatlanishiga ijozat berildi.

Yana bir toshkentlik fuqaroda koronavirus aniqlandi 

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 1 kishiga ortib, jami 150 nafarga yetdi.

Foto: Toshkent bozorlari avtomobillar harakati taqiqlanishidan avval va keyin 

Toshkentda avtomobillar harakatiga cheklov e’lon qilinganidan keyin yakshanba kuni bozor va supermarketlarda navbatlar paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt bozorlariga tashrif buyurdi.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholiga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar beriladi 

Koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan yana bir prezident farmoni imzolanadi. Unda ijtimoiy himoyani kuchaytirish, narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 mln so‘m pul mukofoti beriladi 

Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 mln so‘m miqdorida bir marotabali pul mukofoti belgilandi.

Tijorat banklariga kredit to‘lov muddatlarini uzaytirish ko‘rsatmasi berildi 

Markaziy bank koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tijorat banklariga kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish bo‘yicha soddalashtirilgan tartiblarni joriy etish ko‘rsatmasini berdi.

Mazmunli karantin — #04 

Bir qarashda xavfli va halokatli tuyuladigan hayotiy tajribaning bebaho sovg‘aga aylanishi haqidagi ta’sirli hikoya hamda «nikohlamoq», «yarashuv» va «daraxt» so‘zlarining g‘aroyib tarixiy ildizlari — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.

Sog‘liqni saqlash vazirligida janubiy koreyalik ekspert ish boshladi 

Koryo universiteti (Janubiy Koreya) professori koronavirusga qarshi kurashishda xalqaro ekspert sifatida O‘zbekistonga taklif etildi.

Donald Tramp koronavirusga qarshi 2,2 trln dollarlik qonunni imzoladi 

Donald Tramp Amerika tarixida eng yirik miqdordagi iqtisodiy rag‘batlantirish qonuniga qo‘l qo‘ydi. Qonun koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan. Unga ko‘ra, past va o‘rta daromadga ega fuqarolar bir marotabalik to‘lov tarzida 1200 dollar olishadi. Har bir yosh bola uchun qo‘shimcha 500 dollar berilishi belgilangan.

O‘zbekistondagi to‘y marosimida qatnashgan Qozog‘iston fuqarosida koronavirus aniqlandi 

26 mart kuni O‘zbekistondan qaytgan Qozog‘iston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Aniqlanishicha, u 14 nafar qarindoshi bilan To‘rtko‘ldagi to‘y marosimida qatnashgan.

Yana 4 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi (jami — 149 nafar) 

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 nafarga oshib, jami 149 kishiga yetdi

Hafta bulutli va yomg‘irli boshlanadi 

Yaqin kunlarda O‘zbekistonda havo haroratining bir oz pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.