Yangiliklar

5 yanvar 2019, 10:53

«El-yurt umidi» jamg‘armasi takomillashtiriladi

«El-yurt umidi» jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

5 yanvar 2019, 10:17

Armiyada xizmat qilgan abituriyentlar uchun imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlar uchun OTMga kirishda alohida kvotalar ajratish taklif etilmoqda.

4 yanvar 2019, 21:21

Quyichirchiqda yuz bergan yong‘inda uy egasi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashagan B.Sh.ning uyida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida xonadon egasi vafot etdi.

4 yanvar 2019, 21:05

Farg‘onada tibbiyot muassasalariga xizmat avtomashinalari topshirildi

Farg‘onada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga, shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga xizmat avtomashinalari topshirildi.

4 yanvar 2019, 20:40

Parfyumeriya vositalarini yashirin olib o‘tishga urinish fosh etildi

«Sirdaryo» chegara bojxona posti orqali 30 xil turdagi, jami 48 dona parfyumeriya mahsulotlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi.

4 yanvar 2019, 20:27

O‘zbekistonda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2019 yilda 20 foizga yetkaziladi — vazir

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri 2019 yilda O‘zbekistonda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 20 foizga yetkazilishini bildirdi.

4 yanvar 2019, 20:10

Soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyiga kelib ishlab chiqiladi

2019 yil uchun Davlat dasturi loyihasida Soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyiga kelib ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.

4 yanvar 2019, 19:53

Osiyo kubogi chorak finalidan boshlab VAR tizimi qo‘llaniladi

Osiyo kubogi guruh bosqichi uchrashuvlarida maydon ortidagi hakamlar xizmatidan foydalaniladi. Chorak finaldan boshlab esa ular o‘rniga VAR tizimi ishlaydi.

4 yanvar 2019, 19:34

Urug‘lik paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

4 yanvar 2019, 19:22

Yunusobod tumanining sobiq hokimi bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda

Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

4 yanvar 2019, 18:25

Samarqandda ikki erkak ayol kishini qiynab, bu holatni videoga oldi

«Qum ota buva» fermer xo‘jaligiga tegishli, umumiy qiymati 980.000 so‘mlik moshlarni o‘g‘irlagan Sh. Elbekov va F.Ubaydullayeva, shuningdek ayolni jazolagan shaxslarga nisbatan ma’muriy hukm o‘qildi.

4 yanvar 2019, 18:23

1-yanvar kuni 1708 bola tug‘ildi

1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1708, jumladan Toshkentda 91 bola dunyoga keldi.

4 yanvar 2019, 18:02

O‘zbekiston 2019 yilda 34 ta nufuzli sport musobaqasiga mezbonlik qiladi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev 2019 yilda O‘zbekiston 34 ta nufuzli sport musobaqasi o‘tkazilishini bildirdi.

4 yanvar 2019, 17:25

Oltiariqdan oqib o‘tuvchi kanaldan chaqaloq murdasi topildi

Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi So‘x-Shoximardonsoy kanalidan qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topildi.

4 yanvar 2019, 16:56

O‘smir aybi bilan sodir bo‘lgan avariyada bir chaqaloq vafot etdi

Samarqandda haydovchilik guvohnomasisiz Lacetti avtomobilini boshqargan o‘smir Matiz bilan to‘qnashuv sodir etdi, uch yoshli bola halok bo‘ldi.

4 yanvar 2019, 16:42

Rahimberdi Rahmonov Toshkent bosh imom xatibi etib tayinlandi

4 yanvar kuni juma namozi vaqtida Rahimberdi Rahmonov Toshkent bosh imom xatibi sifatida tanishtirildi.

4 yanvar 2019, 13:30

Bosh vazir o‘rinbosarlari boshqa idoralarga rahbarlik qilmaydi

Bosh vazir o‘rinbosarlarining bir vaqtning o‘zida muayyan idoraga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilinib, ular soni optimallashtiriladi.

4 yanvar 2019, 12:33

Yana bir petitsiya 10 mingdan ortiq ovoz to‘pladi

Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiya 10 mingdan ortiq ovoz to‘pladi.

4 yanvar 2019, 11:58

Paxta moyi narxini liberallashtirish taklif etilmoqda

Moliya vazirligi paxta moyi, shulxa va chigit shroti narxining davlat tomonidan tartibga solishdan voz kechishni taklif etmoqda.

4 yanvar 2019, 10:13

Germaniya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilmoqda

15-yanvardan O‘zbekistonga sayohat maqsadida tashrif buyuruvchi Germaniya fuqarolari uchun 30 kunga vizasiz rejim joriy etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting