14 dekabr, shanba

Yangiliklar

2020 yildan bir qator ma’lumotnomalar bekor qilinmoqda 

Davlat organlariga 1 yanvardan boshlab fuqarolardan qariyb 30 turdagi ma’lumotnomalarni talab qilishi taqiqlandi. Yashash joyidan ma’lumotnoma, ishsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shular jumlasidan.

Senatning 25- yalpi majlisi 14 dekabrda chaqiriladi 

Senat 25- yalpi majlisda Soliq to‘g‘risidagi, investitsiyalar to‘g‘risidagi, Milliy gvardiya to‘g‘risidagi, maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.

Gulnora Karimovaning chet ellik advokatiga O‘zbekistonga kirishga ruxsat berilmadi 

Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manjaga O‘zbekistonga kirishga ruxsat berilmadi. Amaldagi qonunchilikda chet el advokatlarining O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilmagan, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Banklar ayrim filiallarini yopmoqda, MB buning sababini ma’lum qildi 

Banklar ayrim filiallari, mini bank va operatsion kassalarini yopmoqda. Yirik filiallar zarar bilan ishlayotgani sababli ular o‘rniga bank xizmatlari ofislari tashkil etilmoqda.

Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaat bilan chiqdi 

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaatida yer ajratish va qurilish sohasidagi muammolarni sanab o‘tdi. U adolatli sharoitlarni yaratish va poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni tezlashtirishga va’da berdi.

30 kungacha muddatga kelgan chet elliklarni ro‘yxatga olishni bekor qilish rejalashtirilmoqda 

2020 yil 1 iyuldan O‘zbekistonga 30 kungacha muddatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda.

Amaldorlarga taym-menedjment o‘rgatiladi 

Prezident davlat organlarida eskirgan byurokratik ish uslublari, qog‘ozbozlik hamda amaliy foydasi yo‘q majlis va yig‘ilishlarni yo‘qotishga qaratilgan qarorni imzoladi.

O‘zbekiston va Eron aviaqatnovlarni qayta tikladi 

Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi 9 dekabr kuni Tehron-Toshkent-Tehron yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirdi. Qatnovlar hozircha haftada bir marta amalga oshiriladi.

Bolalarni tarbiyalashdagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalar oshishi mumkin 

Bosh prokuratura bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishdagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalarni oshirishni taklif qildi. Yil davomida bunday qonunbuzarliklar ikki barobarga ko‘paydi.

Rossiya Olimpiada va jahon chempionatlaridan chetlashtirildi 

Jahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil muddatga Olimpiadalar va jahon chempionatlaridan chetlashtirdi.

Soliq kodeksiga qanday o‘zgartishlar kiritilmoqda? 

Oliy Majlis deputatlari yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildi.

Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi.