20 yanvar, dushanba

Yangiliklar

Davlat statistika qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Zohidjon Ziyoyev Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Davlat tijorat sektoridagi ishtirokini kamaytirishda davom etadi 

Prezident qarori bilan Moliya vazirligi davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtiruvchi etib belgilandi.

131 million so‘mlik dori vositalarini noqonuniy olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi 

Toshkent aeroportida sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishining oldi olindi.

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazining vazifalari belgilandi 

Prezident qarori bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazining qo‘shimcha vazifalari belgilandi.

Islom Karimovning Asaka zavodini koreyslarga qanday sotgani ma’lum qilindi 

O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov Islom Karimov Asakadagi pritsep zavodini Janubiy Koreyaning Daewoo shirkatiga qanday sotgani haqida gapirib berdi.

Ilk O‘zbekiston-Belorus ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari e’lon qilindi 

Ilk O‘zbekiston-Belorus ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari bo‘yicha moliyalashtirishga tavsiya etilgan 15 ta ilmiy loyihaga 7,4 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi.

Poytaxtda «Toshkent nemis arxitektori nigohida» asari taqdimoti o‘tkazildi 

Arxitektor Peter Knox poytaxtning 30 ta me’moriy ob’ekti to‘g‘risidagi «Toshkent nemis arxitektori nigohida» kitob-fotoalbomini taqdim etdi.

Telekommunikatsiya infratuzilmalari bo‘lmagan binolarni qurish taqiqlandi 

Prezident qarori bilan telekommunikatsiya infratuzilmalari bo‘lmagan jamoat va turar joy binolarini qurish va foydalanishga topshirish taqiqlandi.

Andijonda prokuratura xodimiga 27 500 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi 

Paxtaobod tumanida prokuratura ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan jinoyat ishining o‘ziga oid qismini ijobiy hal qilinishi uchun 27 500 dollar taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi.

Moliya vazirligi tuzilmasida yangi boshqarmalar tashkil etildi 

Prezident qarori bilan Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklandi.

Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi 

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Xodimini tepkilagan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisiga nisbatan sud xodimini tepkilagani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.