14 dekabr, shanba

Yangiliklar

Benzin, alkogol va sigaretlar aksiz solig‘i miqdori oshirilmoqda 

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil yoqilg‘isi, alkogol va sigaretlar aksiz solig‘i 2020 yildan oshirilmoqda.

Peshku tumanida «Moliyaviy piramida» tashkil etish holati aniqlandi 

Buxoro viloyatining Peshku tumanida «Moliyaviy piramida» tashkil etgan shaxs fuqarolarning 577,4 ming dollari va 22,5 mln so‘mini qo‘lga kiritgani aniqlandi.

Muddatidan oldin ovoz berish 12−18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi 

Deputatlar saylovida muddatidan oldin ovoz berish O‘zbekiston va chet eldagi saylov uchastkalarida 12−18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tosh hovliga alyumin rom o‘rnatilgani prokuratura tomonidan o‘rganiladi 

Madaniyat vazirligi Xivadagi Tosh hovli majmuasiga alyumin romlar o‘rnatilganini xabar qildi. Hujjatlar prokuraturaga taqdim etiladi.

Turizm qo‘mitasi besh kunlik o‘quv haftasini joriy etishni taklif qildi 

Turizm qo‘mitasi barcha ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tish hamda yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobiga qishgi ta’tilni uzaytirishni taklif qildi.

Bir haftada 7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi 

«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan bir hafta ichida 7 mlrd so‘m miqdoridagi gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning aksariyati samarasiz ishlamoqda — prezident 

«Davlat ishtirokini hech zarurat bo‘lmagan sohalarda ham saqlab turibmiz», — dedi prezident davlat ishtirokidagi korxonalar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

O‘zbekistonda uchta pulli avtoyo‘l va ikkita pulli tunel quriladi 

O‘zbekiston prezidenti qarori bilan uchta pulli avtoyo‘l va ikkita pulli tunel qurish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Peterburgda metrodagi teraktda ayblanayotganlar ustidan hukm o‘qildi 

Sankt-Peterburgda sud 11 kishiga nisbatan hukm o‘qidi. Ular 2017 yilda metroda terakt uyushtirishda ayblanmoqda. Hech kim aybiga iqror bo‘lmadi.

Avtomobil egalariga yangi yig‘im joriy etiladi  +1

Mahalliy kengashlarga avtotransportga egalik qilish uchun yillik yig‘im hamda yoqilg‘i uchun (yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mgacha) maxsus yig‘im joriy etishga ruxsat berildi. Ushbu yig‘imlar mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

1 yanvardan tugatilayotgan komissiya va kengashlar ro‘yxati 

O‘zbekistonda 2020 yildan boshlab 29 ta idoralararo komissiya va kengashlar, jumladan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l xo‘jaligi kengashi, bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh va boshqalar tugatilmoqda.

Hokimiyatlar ayrim vakolatlaridan mahrum qilinmoqda 

2020 yildan hokimiyatlarning ayrim vakolatlari boshqa organlarga o‘tkaziladi, ayrimlari butunlay bekor qilinadi.