Yangiliklar

8 may 2020, 12:29

G‘alaba bog‘i ochilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — foto

Toshkent shahrida G‘alaba bog‘ining qurilishi nihoyasiga yetdi. Oldinroq prezident Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ushbu bog‘ni barpo etish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan edi.

8 may 2020, 11:21

Har bir tumanda matematikaga ixtisolashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish maqsadida har bir tumanda matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Shuningdek, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilib, uning sovrindorlariga 50 ming dollar beriladi.

8 may 2020, 11:15

Saakashvili Ukraina islohotlar qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini islohotlar qo‘mitasi rahbari etib tayinladi. Oldinroq Saakashvilining nomzodi bosh vazir o‘rinbosarligiga ko‘rsatilgan edi.

8 may 2020, 10:16

Koronavirus bemorlari soni 2300 dan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 2314 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 648 kishi davolanmoqda, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab 371 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi.

8 may 2020, 08:02

“Niqobni yechish taqiqlanadi” — prezident

“Hozircha niqobni yechish mumkin emas. Biz ushbu sharoitlarda ishlash va yashashni o‘rganishimiz kerak”. Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyodagi pandemiya rivojini hisobga olgan holda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralari sharoitida yashash va ishlashni o‘rganish zarur.

8 may 2020, 07:22

9-may kuni ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi

Karantin munosabati bilan O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda faxriylarni ziyorat qilish taqiqlandi. Bayramni oila davrasida nishonlash tavsiya qilindi.

8 may 2020, 07:11

Alisher Usmonov suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga 10 mln dollar ajratdi

Alisher Usmonov O‘zbekistonga Sirdaryo viloyatidagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam uchun 10 mln dollar taqdim etdi.

7 may 2020, 23:48

Koronavirus holatlari soni 2300 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 2298 taga yetdi. Kun davomida 65 ta yangi holat qayd etildi.

7 may 2020, 23:44

O‘zbekiston yana 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirmoqda — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Rossiya, Turkiya, BAA va boshqa davlatlarda qiyin vaziyatda qolib ketgan 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

7 may 2020, 21:50

Surxondaryo, Andijon va Navoiyda 110 mingta oila kambag‘allikdan chiqariladi

Prezident Surxondaryoda 55 mingta, Andijonda 41 mingta, Navoiy viloyatida 14 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun qo‘shimcha turtki berilishi kerak bo‘lgan uchta yo‘nalish ko‘rsatib o‘tildi.

7 may 2020, 20:58

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari bir-birlarini tabrikladilar

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali suhbatda yaqinlashib kelayotgan bayram — fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, ikki mamlakat faxriylari va xalqlariga sog‘lik-omonlik tiladilar.

7 may 2020, 20:47

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati may oyining ikkinchi yarmidan qayta tiklanadi

Germaniya may oyining ikkinchi yarmidan futbol bo‘yicha chempionatni qayta tiklaydi. Angliya va italyan jamoalari ham o‘z turnirlarini yakunlab olishni xohlashmoqda, biroq hukumatlar qarorlarini kutishga majbur. Fransuz chempionati aprel oyida “Pari Sen-Jermen"ning muddatidan oldingi g‘alabasi bilan yakunlandi.

7 may 2020, 20:26

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1656 nafarga yetdi

Bugun 79 nafar koronavirus bemori tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 1656 nafarga yetdi.

7 may 2020, 20:23

Tuman va shaharlar ham qizil, sariq va yashil hududlarga ajratiladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda respublika komissiyasiga hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash bo‘yicha topshiriq berildi. “Ertaga „yashil“ viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

7 may 2020, 19:33

Pensiya va nafaqa to‘lovlarining kechiktirilganligining sabablari e’lon qilindi

May oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari kechikdi. Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki bunga elektron axborot tizimida yuqori darajada yuklama paydo bo‘lganligi, hamda may oyining dastlabki kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganligini sabab qilib ko‘rsatishgan.

7 may 2020, 17:27

Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori tayinlandi. Mazkur agentlik “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

7 may 2020, 16:43

Tramp uning harbiy vakolatlarini cheklaydigan Kongress qaroriga veto qo‘ydi

Donald Tramp uning Eronga qarshi harbiy vakolatlarini cheklaydigan AQSH Kongressi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi. Mazkur rezolyutsiya “qonunlarni noto‘g‘ri talqin qilishga asoslangan, haqoratli va AQSH o‘zining ittifoqchilari va sheriklarini himoya qilish vakolatlariga katta zarar yetkazgan bo‘lar edi”, dedi Oq uy rahbari.

7 may 2020, 16:32

Matiz kanalga tushib ketdi: uch kishi voqea joyida halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Matiz yo‘ldan chiqib ketib, kanalga quladi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi.

7 may 2020, 16:04

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1600 kishidan oshdi

Toshkent shahrida 32 nafar va Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus bemorlari tuzaldi. Jami mamlakat bo‘ylab virusdan sog‘ayganlar soni 1624 nafarga yetdi.

7 may 2020, 15:31

To‘qimachilik sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar belgilandi

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozning to‘qimachilik sanoatiga salbiy ta’sirini yumshatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting