27 yanvar, dushanba

Yangiliklar

«Hokim topshirig‘i bilan» qoida buzgan haydovchi ishdan bo‘shatildi 

«Hokim topshirig‘i bilan yurgan» hamda jurnalistga o‘shqirgan shaxs ishdan bo‘shatildi. Mutasaddilar masalaga oydinlik kiritdi.

Jizzax viloyatida uch aka-uka is gazidan zaharlanib vafot etdi 

Jizzax viloyatida 8, 12 va 14 yoshdagi uch aka-uka is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi, ularning onalari kasalxonaga yotqizildi.

Zoyir Mirzayev ariq voqeasi bo‘yicha ilk bor izoh berdi 

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ilk bor ariq voqeasi bo‘yicha izoh berdi. U katta xulosa chiqargani va xatolar uchun javob berish kerakligini tushunib yetganini aytib o‘tdi.

Tomskda halok bo‘lgan 10 kishining jasadi O‘zbekistonga yetkazildi 

Tomsk viloyatidagi yong‘inda halok bo‘lgan 10 fuqaroning jasadlari O‘zbekistonga yetkazildi. Marhumlar ishlagan «Grinvud» o‘rmon kesish kompaniyasi direktori esa qo‘lga olindi.

Propiska tizimi ochiq tanqid qilinmoqda 

Parlament va hukumat vakillari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan so‘ng mavjud propiska tizimini ochiq tanqid qila boshladi.

Koronavirus sababli Xitoyning 25 ta provinsiyasida eng yuqori darajali favqulodda holat e’lon qilindi 

Koronavirus tarqalishi sababli Xitoyning 25 ta provinsiyasida eng yuqori darajali favqulodda holat e’lon qilindi. Uxanda shoshilinch ravishda ushbu virus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun alohida kasalxonalar qurilmoqda.

Murojaatnomadan xulosalar: O‘zbekiston muhtasham 10 yillikka kirib bormoqda 

Parlament va hukumat vakillari prezident murojaatnomasi bo‘yicha munosabatini bildirishdi. Moliya vaziri raqamli iqtisodiyot nega kerakligini tushuntirdi.

Foto: Milliy bog‘ qanday ko‘rinishda bo‘ladi? 

Milliy bog‘ hududida attraksionlar, Misr piramidalari ko‘rinishidagi kinoteatr va 20 metr tunnelli okeanariumni o‘z ichiga olgan Magic City oilaviy bog‘ qurilmoqda. Ochilish sentyabrga mo‘ljallangan. «Gazeta.uz» muxbiri loyiha taqdimotida ishtirok etdi.

Turkiyadagi kuchli zilzilada halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi 

Juma kuni kechqurun Turkiyaning sharqiy viloyatlari Malatya va Elazig‘da kuchli zilzila qayd etildi. 22 kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Institut yotoqxonasini jihozlashdagi talon-torojliklar fosh etildi 

Navoiy davlat pedagogika instituti yotoqxonasini jihozlash to‘g‘risidagi hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, 1,7 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi.

Yangi aviakompaniyadan kutilmalar — Spot 

Humo Air aviakompaniyasi ichki reyslarda arzon narxlarni taklif qilib, turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda, yozmoqda Spot.

Maykl Pompeo O‘zbekistonga fevralda tashrif buyuradigan bo‘ldi 

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo 2−3-fevral kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U prezident bilan uchrashadi va Toshkentda vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashrif yanvar oyida rejalashtirilgan edi, ammo kechiktirildi.