Yangiliklar

22 iyul 2020, 16:32

Uy sharoitida COVID-19 dan davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi

Mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar soni 1706 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning eng ko‘pi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.

22 iyul 2020, 14:00

Maxsus transport vositalarini o‘tkazib yuborgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi

Maxsus transport vositalariga yo‘l berish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Prezident Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

22 iyul 2020, 13:56

Namanganda Changan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi

Chust tumanida joylashgan «Namangan» erkin iqtisodiy zonasida Xitoyning Shangan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi boshlandi. Jami 5,8 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qilinayotgan loyiha doirasida ishlab chiqarish jarayoni 2021 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.

22 iyul 2020, 13:35

Ukrainaning Lutsk shahrida qurollangan shaxs 20 yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusni garovga oldi

Ukrainaning Lutsk shahrida qurollangan shaxs 20 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusni 12 soatga yaqin garovda ushlab turdi. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy bosqinchining talabini bajargandan so‘ng garovga olinganlar ozod etildi. Qurbonlar yo‘qligi tasdiqlandi.

22 iyul 2020, 13:30

O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqarilmoqda

Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi TARLON (4×4) rusumli yengil zirhli avtomobilning tajriba namunasini ishlab chiqardi. Avtomobil 9 kishini sig‘dirib, 7 dona o‘q otish tuynuklariga ega.

22 iyul 2020, 13:10

«Monopoliyalar davlat va xalqni zulukdek o‘lguncha so‘rishadi» — Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev monopolistlar inqiroz davrida «katta-katta mablag‘larga ega bo‘layotganligi»ga e’tibor qaratdi. Energetika vazirligi deputatning gaplariga e’tiroz bildirib, iste’mol bo‘yicha to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar byudjetga qaytarilishini ma’lum qildi.

22 iyul 2020, 12:04

O‘z qizini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Gulistonda 2019 yilda tug‘ilgan qizini 17 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi.

22 iyul 2020, 11:51

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

22 iyul 2020, 11:37

O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslar BHMning 10 baravarigacha jarimaga tortiladi. Tegishli modda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida» gi kodeksiga kiritildi.

22 iyul 2020, 11:32

200 ga yaqin talabalar Rossiyadan olib kelindi

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Rossiyaning Novosibirsk shahridan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi.

22 iyul 2020, 10:53

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar kiritilgan

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston umumiy hajmi 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qildi, bundan 3,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keldi. Investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya yetakchilik qildi. Iqtisodchi Behzod Xoshimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi XVJ prognozidan 4,2 barobar yuqori bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

22 iyul 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 18 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 290 nafarga ortib, jami 18171 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Andijon, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

21 iyul 2020, 21:30

Pandemiya davrida qaysi turdagi jinoyatlar soni oshgani ma’lum qilindi

Pandemiya davrini o‘z ichiga olgan yarim yil mobaynida O‘zbekistonda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvand vositalariing noqonuniy aylanishi, qo‘shmachilik, fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshdi.

21 iyul 2020, 20:23

Prezident «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi o‘n kunda 16 nafar rahbar ishdan bo‘shatilgan, «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasiga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbari tizimga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

21 iyul 2020, 20:03

Namanganda «Xalq banki» xodimlari 11 kishi nomiga kredit olib, o‘zlashtirib yubordi

Namanganda «Xalq banki» xodimlari 11 kishini xabardor qilmasdan, ular nomiga 200 mln so‘m kredit ajratib, o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.

21 iyul 2020, 19:54

Deputat UzAuto Motors ga qarshi: tez yordam uchun Damas narxlari va xayriya muammosi bilan bog‘liq ayblovlar

Deputat Rasul Kusherbayev UzAuto Motors kompaniyasini Damas larni «ot narxlarida» sotishda va koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq og‘ir ahvolga e’tibor bermaslikda aybladi. «O‘zavtosanoat» ning ta’kidlashicha, kompaniya xayriya maqsadida 37 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratgan. Lekin kompaniya deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan «Xayriya to‘g‘risida» gi qonun sababli xayriyaga undan ko‘proq sarflay olmasligini aytmoqda.

21 iyul 2020, 18:26

Beruniyda ekinlari suvsiz qolgan aholi Nukus-Toshkent yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida aholi ekinlarini sug‘orish uchun suv kelmagani sababli Nukus-Toshkent magistral yo‘lini yopib qo‘ydi. Tuman hokimi va boshqa mutasaddilar voqea joyiga kelib, masala qisqa vaqtda ijobiy hal etildi.

21 iyul 2020, 17:48

Fanlar akademiyasining ikki nafar olimi hayotdan ko‘z yumdi

Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori Ashur Qodirov va taniqli olim, akademik Sattor Tursunmuhammedov olam o‘tdi.

21 iyul 2020, 17:04

Rasman tasdig‘ini topgan koronavirus holatlari 17 755 taga yetdi (+165)

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan bemorlar soni 165 nafarga oshib, umumiy ko‘rsatkich 17 755 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining asosiy qismi — 104 tasi Toshkentda, 54 tasi esa Andijonda aniqlandi.

21 iyul 2020, 16:50

Parkentda karantin qoidalarini buzganlarga 397,6 mln so‘mlik jarimalar yozilmagani aniqlandi

Parkent tumanida karantin qoidalarini buzgan 86 kishiga istisno tariqasida 397,6 mln so‘mlik jarimalar tayinlanmagani aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting