Yangiliklar

23 sentabr 2020, 10:00

Prezident ID-kartalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

2021 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish boshlanib, 2030 yilgacha pasportlar ID-kartalarga almashtiriladi.

22 sentabr 2020, 23:30

IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tartiblari o‘zgardi

UZIMEI operatori IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tartiblari o‘zgargani haqida ma’lum qildi. Endilikda abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

22 sentabr 2020, 20:40

Pandemiya davrida jahondagi vaziyat

Madridda qisman karantin choralari joriy qilinmoqda. Buyuk Britaniyada karantin olti oygacha davom etishi ehtimolligi aytilmoqda. Rossiyada yangi karantin choralari qo‘llanilmasligi ma’lum bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasiga oid dunyo yangiliklari.

22 sentabr 2020, 20:12

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH va Xitoy o‘rtasidagi «savdo urushi» ning natijalari, BMT bosh kotibining qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirgani, Airbusdan yangi samolyotlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 sentabr 2020, 19:52

Prezident yil oxirigacha raqamli iqtisodiyot sohasida keskin o‘zgarish qilish topshirig‘ini berdi

Prezident yil yakuni bo‘yicha har bir tarmoq va hudud rahbari raqamli iqtisodiyot sohasida keskin o‘zgarish qilishi zarurligini aytdi. Bu yangilanishlar odamlarning hayoti, byurokratiya va korrupsiyaning kamaygani va davlat xizmatlarini ko‘rsatish tezlashganida sezilishi lozimligi ta’kidlandi.

22 sentabr 2020, 18:50

FNQIZ dizel narxlarini pasaytirdi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi dizel yonilg‘isi narxlarini pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, dizelning bir tonnasi zavodning o‘zida 5,6 mln so‘mgacha, «O‘zbekneftgaz» AJ neft bazalarida esa 5,5 mln so‘mgacha etib belgilandi.

22 sentabr 2020, 18:31

BAAning Air Arabia aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

BAAning Air Arabia kompaniyasiga «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

22 sentabr 2020, 18:05

«Korporativ javobgarlikni rivojlantirishimiz kerak» — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mamlakatda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish bo‘yicha rejalar haqida ma’lum qildi. Vazir AQSH va Niderlandiya hukumatlariga katta miqdorda jarimalar to‘lagan O‘zbekistondagi mobil operatorlar bilan bog‘liq korrupsion mojarolarni misol qilib keltirdi.

22 sentabr 2020, 15:56

Global YAIM 2021 yil o‘rtalarida pandemiyagacha davrdagi darajasiga qaytadi — Deutsche Bank

Jahon YAIM hajmi 2021 yil o‘rtalariga borib pandemiyagacha davrdagi darajaga qaytishi kutilmoqda. Deutsche Bank bu boradagi prognozlarini e’lon qildi.

22 sentabr 2020, 15:38

JSST COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi — bir haftada 2 mln kishi infeksiya yuqtirgan. Kasallanganlarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerikaga to‘g‘ri keladi.

22 sentabr 2020, 15:12

O‘zbekistonga 1,7 mln dollarlik elektromobillar import qilindi

O‘zbekistonga elektromobillar importi bir necha baravar o‘sdi. Mamlakatga 8 oy davomida 73 ta elektromobil olib kelingan. Bu o‘tgan yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 53 taga ko‘p.

22 sentabr 2020, 14:21 1

Shuhrat Qayumov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 51 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

22 sentabr 2020, 12:59

G‘olibsher Ziyayev O‘zkomnazorat boshlig‘i bo‘ldi

Bosh vazir qabulxonalari kotibiyati mudiri bo‘lib ishlagan G‘olibsher Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

22 sentabr 2020, 12:26

Globus Relief xayriya tashkiloti O‘zbekistonga gumanitar yordam ko‘rsatdi

Globus Relief xayriya tashkiloti (AQSH) O‘zbekistonga koronavirusga kurashishga ko‘maklashish maqsadida 800 ming dollarlik tibbiy preparatlar va mahsulotlarni yetkazib berdi. Gumanitar yordam chekka hududlardagi tibbiyot muassasalariga yuboriladi.

22 sentabr 2020, 11:55

Avgust oyida O‘zbekistonning oltin rezervlari 1 mln unsiyaga kamaygan

O‘zbekistonning rasmiy rezerv aktivlari 34,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Avgust oyida 1 mln unsiyaga teng bo‘lgan miqdorda oltin rezervlarining sotilishi evaziga valyutadagi rezervlar miqdori 1,8 mlrd dollarga ko‘payib, 15,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

22 sentabr 2020, 11:49

UzAuto Motors IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi IPO o‘tkazishga tayyorgarlikni boshladi. Kompaniya 10 foizgacha miqdorda qo‘shimcha aksiyalarini chiqarishni rejalashtirmoqda.

21 sentabr 2020, 23:49

Kun davomida 619 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 21 sentyabr kuni 619 kishida koronavirus infeksiyasini aniqlanib, jami holatlar soni 52259 taga yetdi. Vafot etganlar soni esa 438 (+5) nafarni tashkil etmoqda.

21 sentabr 2020, 23:39

MSK Jo‘qorg‘i Kengesga o‘tkazilgan saylov yakunlarini e’lon qildi

Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kengesning bo‘shab qolgan o‘rinlarga o‘tkazilgan deputatlar saylovi yakuniga yetdi. Qoraqalpoq parlamentidagi beshta vakant o‘rinni har bir partiyadan bir nafardan nomzod band qildi.

21 sentabr 2020, 19:20

Jahon yangiliklari dayjesti

JSStning vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchiligi, Belarusda namoyishchilarning hibsga olinishi, Nikola asoschisining kompaniyani tark etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

21 sentabr 2020, 18:19

Qaysi holatlarda emlash mumkin emas

Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva emlash mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, OITS kasalligining turli bosqichlarida, vaksinaning asosiy vositasiga allergiya bo‘lsa va bolalarda ba’zi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davrida emlashga ruxsat berilmaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting