12 dekabr, payshanba

Yangiliklar

Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmalarini e’lon qildi 

Uzbekistan Airways 31-dekabrdan 2-yanvargacha muddatda ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmalarini e’lon qildi.

Hafta oxirida ob-havoning sovishi kutilmoqda 

Dam olish kunlarida haroratning sovishi kutilmoqda, havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati + 7… + 12 darajagacha tushadi.

Iroq bosh vaziri iste’foga chiqdi 

Hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar ortidan Iroq bosh vaziri Adel Abdel Maxdi o‘z iste’fosini so‘radi. Parlament uning iste’fosiga ruxsat berdi.

Namanganda poyezd bir erkakni bosib ketdi 

Namangan viloyatining Pop tumanida yuk poyezdi 82 yoshli erkakni bosib ketdi.

16 kishilik oilaning is gazidan zaharlanishi yuzasidan ikki xil rasmiy bayonot berildi 

Bosh prokuratura va «Hududgazta’minot» Qibrayda 16 kishilik oilaning is gazidan zaharlangani yuzasidan ikki xil bayonot berdi. «Hududgazta’minot» oila a’zolari aslida ovqatdan zaharlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda OIVga chalinganlar soni 42 ming nafardan oshdi 

10 oy ichida O‘zbekistonda 3337 ta OIVga chalinish holati qayd etildi. OIVga chalinganlar soni esa 42 ming nafardan oshdi.

G‘uzor tuman hokimiyati 56 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hokimiyati tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Zarar miqdori 55,8 mln so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonda monopol korxonalar soni ikki barobar qisqardi — Sodiq Safoyev 

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev davlatning iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvini qisqartirish kerakligini bildirdi.

Toshkent viloyatida 16 kishi is gazidan zaharlandi 

Qibray tumanida yashovchi 16 kishilik oila, jumladan 11 bola is gazidan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi.

Samarqandda ikki kishini tuproq bosib qoldi 

Samarqandda kommunikatsiya quvurini o‘tkazish ishlarini olib borayotgan ikki kishini tuproq bosib qoldi. Ulardan biri vafot etdi.

Forbes O‘zbekistonda ham nashr etiladi 

Qozog‘istonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali chop etilishini ma’lum qildi. Ilk sonning mart oyida nashr etilishi kutilmoqda.

«Turkmanenergo» O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib beradi 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» «Turkmanenergo» bilan 2019−2020 yillarda elektr energiyasi import qilish yuzasidan kelishuvga erishdi. Kompaniya endi chiroq kamroq o‘chishiga va’da berdi.