13 dekabr, juma

Yangiliklar

Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud 5 martda boshlanadi 

Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev ishlarini ko‘rib chiqish 5 martga belgilandi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘zga chegirmalar e’lon qildi 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 18−22 mart kunlariga mamlakat ichidagi qatnovlarga chegirmalar e’lon qildi.

Yil oxirigacha 1000 dan ziyod yangi bankomatlar o‘rnatiladi 

Yil oxirigacha O‘zbekiston bo‘ylab naqd so‘m va dollar olish uchun 1000 dan ziyod bankomatlar o‘rnatiladi.

Prezident yangi elchilarni qabul qildi 

Prezident Pokiston, Shveysariya, latviya, Isroil, Germaniya, Slovakiya va Xitoyning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

«O‘zagroeksport» gilos hosilini to‘liq sotib olishga tayyor 

Bog‘ egalari gilos hosilini to‘liq holatda «O‘zagroeksport» kompaniyasiga sotishlari mumkin.

Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi 

Jahongir Xotamov Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi.

Bolalar bog‘chalari xodimlari maoshlari oshiriladi 

Prezident qarori bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari oshirildi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» o‘z loukasterini yaratadi 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» o‘z loukasterini yaratadi. Sho‘’ba kompaniyasi joriy yildan ish boshladi.

Prezident mahalliylashtirish dasturlarini ko‘zbo‘yamachilik va imtiyoz olish uchun xizmat qilganini ta’kidladi 

Prezident mahalliylashtirish dasturlarini tanqid ostiga olib, aslida Investitsiya loyihalari ro‘yxatiga ko‘p import qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalar kiritilishi kerakligini ma’lum qildi.

FVV kuchli shamol va qattiq yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lum qildi 

Kuchli shamol va qattiq yomg‘ir 27 fevral kuni poytaxtda binolarning suv bosishi, Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida sel oqimlarini keltirib chiqardi.

AQSH: O‘zbekiston Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlashda tarixiy rolni o‘ynamoqda 

AQSH Davlat departamenti Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglash bo‘yicha Toshkent konferensiyasini «O‘zbekistonning xalqaro maydonga qaytishi» deb atadi.

1 mart kuni yomg‘ir yog‘ib, kuchli shamol esishi kutilmoqda 

Bahorning birinchi kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, chaqmoq chaqishi, 23−28 m/s gacha tezlikda shamol esishi kutilmoqda.