Yangiliklar

5 mart 2018, 16:57

Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyani ikki davlat prezidentlari ochib beradi

Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya ochilishida O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari so‘zga chiqadi. BMT bosh kotibi hamda qator davlatlar TIV rahbarlari anjumanda qatnashish uchun taklif qilingan.

5 mart 2018, 16:34

Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud majlisi ko‘chirildi

Jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud majlisi ko‘chirildi.

5 mart 2018, 13:27

Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi

O‘zbekistonda «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

5 mart 2018, 12:18

«Suv shakli» filmi «Eng yaxshi film» nominatsiyasida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi

«Suv shakli» «Eng yaxshi film» nominatsiyasida «Oskar» oldi, Gilermo del Toro eng yaxshi rejissyor deya e’tirof etildi.

5 mart 2018, 08:54

Ilk bor tuman hokimiyati huzurida jamoatchilik kengashi tashkil etiladi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati huzurida jamoatchilik kengashi tashkil etilmoqda.

4 mart 2018, 14:34

Qozog‘istonda halok bo‘lganlarning jasadlari vatanga olib kelindi

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadi Xorazm viloyatiga yetkazildi.

4 mart 2018, 11:16

Fan to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlandi

Fan to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda fan va fan-texnik faoliyatini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat bo‘lmagan.

4 mart 2018, 11:04

Shavkat Mirziyoyev Armaniston Prezidentini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Armen Sarkisyanni Armaniston Prezidenti eib saylangani bilan tabrikladi.

2 mart 2018, 22:07

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochildi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

2 mart 2018, 21:53

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlarning barchasi — o‘zbekistonliklar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan barcha yetti kishi O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

2 mart 2018, 21:40

Toshkentda 100 ga yaqin «To‘xtash taqiqlanadi» belgilari demontaj qilindi

Toshkent IIBB YHXB avtobuslarning to‘xtashini taqiqlovchi 100 ga yaqin belgini demontaj qildi.

2 mart 2018, 17:57

Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari ushlandi

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari Ulug‘bek Sunnatov va Jamshid Fayziyev ushlandi.

2 mart 2018, 16:51

«Tozalash-antiterror» o‘rniga — «Xavfsiz hudud»

«Tozalash-antiterror» operatsiyasi 15 yil davomida olib borildi. U «Xavfsiz hudud» kompleks tadbirlari bilan almashtiriladi.

2 mart 2018, 16:24

Boks: «O‘zbek yo‘lbarslari» «Kolumbiya qahramonlari» ustidan g‘alaba qozondi

O‘zbekiston bokschilari Jahon boks seriyasi uchinchi turi doirasida kolumbiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.

2 mart 2018, 15:54

O‘zbekiston va Ukraina hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda

11 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Ukraina kuz oylarida hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda.

2 mart 2018, 15:30

Prezidentning Tojikistonga tashrifi jarayonida chegara to‘g‘risidagi shartnoma imzolanadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak tashrifi chog‘ida o‘zbek-tojik chegaralarining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanadi.

2 mart 2018, 15:06

O‘zbekiston harbiylari Rossiyada tankchilarni tayyorlash jarayonini o‘rgandi

O‘zbekistonlik ofitserlar Rossiya tankchilarining harbiy tayyorgarligi uslublari bilan tanishdi.

2 mart 2018, 14:55

Foto: O‘zbek-tojik chegarasida bayram

Bahorning birinchi kuni O‘zbekiston va Tojikistonning chegaradosh tumanlari aholisi uchun bayramga aylandi — chegarada to‘qqizta o‘tkazish punkti faoliyatini qaytadan boshladi.

2 mart 2018, 14:38

Yo‘llarni ta’mirlash uchun yangi texnikalar xarid qilindi

Mamlakatdagi yo‘l-qurilish korxonalari uchun 100 dan ziyod texnikalar xarid qilindi. Yaqin oylarda yana 100 donadan ortiqroq mashina yetkazib beriladi.

2 mart 2018, 11:11

Prezident Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati bo‘ylab safarini boshladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting