8 iyul, chorshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

1 iyul 2020, 22:14

O‘zbekiston tarixida birinchi marta elektron qonun hujjati qabul qilindi

O‘zbekistonda birinchi marta elektron qonun hujjati qabul qilindi. Mazkur hujjat sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga retsept yozishda dori vositalarining savdo nomini emas, balki uning tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddalarni yozish talab etiladi.

1 iyul 2020, 21:47

IIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuv yuzasidan axborot berdi

Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda yana bir fuqaroning qiynoqlardan vafot etgani haqidagi videoyozuv bo‘yicha axborot berdi. Qayd etilishicha, marhum OITS, o‘pka sili va boshqa kasalliklar asoratidan vafot etgan.

1 iyul 2020, 21:35

Prezident administratsiyasi va MTRKda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Farhod Mahmudov Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari, Xayrulla Nuritdinov esa “O‘zbekiston 24” telekanali direktori etib tayinlandi. Prezident administratsiyasida ham bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

1 iyul 2020, 18:25

O‘qituvchilar endi bittagina jurnal to‘ldirish bilan cheklanishadi

O‘qituvchilar uchun “qog‘ozbozlik” yuki keskin qisqartirildi. Endi ular faqat sinf jurnalini, jumladan, elektron ravishda Kundalik tizimi orqali, to‘ldirib boradilar. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning an’anaviy o‘quv dasturlari “O‘qituvchi kitobi"ga almashtiriladi.

1 iyul 2020, 17:58

Qashqadaryoda yosh ayol osilgan holda topilgan. Onasi kuyovini ayblamoqda

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 18 yoshli Mohinur Jo‘rayeva osilgan holatda topildi. Uning onasi kuyovini ayblamoqda, deb yozdi Daryo.uz. “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

1 iyul 2020, 17:48

Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zA bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekistondagi taniqli bloger va Mass-media fondi direktori Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Ta’kidlashicha, X.Xudoyberdiyev Mass-media fondining direktori lavozimini tark etadi.

1 iyul 2020, 17:28

Yana 44 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 8671)

Koronavirus holatlari 44 taga ko‘payib, jami 6535 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 9 nafari aholi orasida qayd etildi. Kun davomida mamlakatda 168 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

1 iyul 2020, 16:20

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi

Italiyalik Marko Mantovanelli Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga rahbar etib tayinlandi. U iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Lotin Amerikasi, Afrika va Yevropada 20 yildan ortiq tajribaga ega.

1 iyul 2020, 16:14

XMT: Inqirozdan chiqish oson va tez kechmaydi

Yilning ikkinchi choragida ish vaqti hajmi 14 foizga kamaydi, bu — 400 mln ish joyining yo‘qolishiga tengdir. XMT ekspertlari ish o‘rinlari yana 11,9 foizga, ya’ni 340 million ish joyiga qisqarishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

1 iyul 2020, 15:53

Qashqadaryoda yangi geologiya milliy bog‘i tashkil etiladi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida “Zinzilban” kesmasining o‘rni va mavqeini mustahkamlash, hududning geoturizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida yangi geologiya milliy bog‘i tashkil etiladi.

1 iyul 2020, 15:44

Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusdan vafot etgan shifokor oilasi bilan uchrashdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning xonadoniga tashrif buyurib, oilasiga hamdardlik bildirdi.

1 iyul 2020, 13:59

IIV Andijondagi jinoyat ishi yuzasidan uzr so‘radi

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Andijonda qiynoq oqibatidagi vafot etgan marhumning oilasidan uzr so‘radi. Shu bilan birga, ushbu holat yuzasidan sud ishlari ochiq va shaffof bo‘lishi, unga jurnalistlar ham kiritilishi ma’lum qilindi.

1 iyul 2020, 13:15

Microsoft va Google eng qimmat brendlar uchligida o‘rin almashishdi

Microsoft Googleni eng qimmat brendlar uchligidan chiqarib tashladi. Microsoft 326 mlrd dollarga, Google esa 323 mlrd dollarga baholandi. Amazon yana birinchi o‘rinda. TikTok brendi deyarli 17 mlrd dollarga baholanib, Uber va Adidas kabi kompaniyalardan qimmatroq bo‘ldi.

1 iyul 2020, 12:23

“O‘zagrotexsanoatxolding” faoliyati tugatiladi

Prezident qaroriga binoan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ faoliyati tugatiladi. Aksiadorlik jamiyatning tugatish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ikki hafta muddatda tasdiqlanadi va bajarilishi ta’minlanadi. Xoldingga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qolinadi.

1 iyul 2020, 12:21

Hindistonda TikTok va boshqa Xitoyda ishlab chiqilgan dasturlar taqiqlab qo‘yildi

Hindiston rasmiylari TikTok, WeChat, Weibo va Helo kabi bir qator dasturlarni «Hindistonning suvereniteti va yaxlitligiga putur yetkazadi» deb topdi. Ushbu taqiq oqibatida Xitoy mobil ilovalari hidistonlik 300 million foydalanuvchisini yo‘qotishi bildirilmoqda.

1 iyul 2020, 11:16

Voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi

Voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi va mahkuma ayollarning voyaga yetmagan farzandlari bilan uchrashuvlarining alohida tartibi belgilandi.

1 iyul 2020, 11:14

Toshkentda 6 ta yangi ko‘prik qurilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrida 6 ta yangi ko‘prik qurilishi rejalashtirilmoqda. Ko‘priklarning aksariyati Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab hamda Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmalarida barpo etilishi kutilmoqda. Ularni qurish uchun qariyb 640 mlrd so‘m sarflanadi.

1 iyul 2020, 11:13

«Markaziy Osiyo — AQSH» (C5+1) videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «Markaziy Osiyo — AQSH» («C5+1») videokonferensiyasida ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan bir qator mintaqaviy masalalar muhokama qilindi va alohida urg‘u Markaziy Osiyoning ekologik ahvolini yaxshilashga berildi.

1 iyul 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 8600 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 124 nafarga ortib, jami 8627 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 85 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolganlari Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida qayd etildi. Shundan 22 nafari aholi orasida aniqlandi.

30 iyun 2020, 23:50

Kun davomida 281 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari kun davomida 281 taga ko‘payib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Jami holatlar esa 8500 tadan oshdi.