Yangiliklar

31 may 2018, 12:26

Ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishga ruxsat berildi

Xorijlik ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berildi.

31 may 2018, 11:44

Turizm sohasini bosh vazirning boshqa o‘rinbosari nazorat qiladi

Aziz Abduhakimov bosh vazir o‘rinbosari sifatida hukumatning ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari bo‘yicha kompleksiga rahbarlik qiladi.

31 may 2018, 11:23 1

Kelgusida rahbarlar tanlov asosida saralab olinadi

Har uch yilda boshqaruv kadrlarni saralash bo‘yicha «Taraqqiyot» tanlovi o‘tkaziladi. Prezident dasturi bo‘yicha uch oylik kursdan so‘ng ular rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

30 may 2018, 23:22

Maktab-internati direktori sanitariya me’yorlariga rioya etmagani uchun bo‘shatildi

Ko‘zi ojiz bolalar uchun maktab-internati direktori sanitariya me’yorlariga rioya qilmagani va mansab majburiyatlariga e’tiborsizligi sababli lavozimidan chetlatildi.

30 may 2018, 22:07

Taekvondo: O‘zbekiston Osiyo chempionatida sakkiz medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston taekvondochilari Vetnamdagi Osiyo chempionatida 34 mamlakat ichida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

30 may 2018, 18:50

XMT bosh direktori dekabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

XMT bosh direktori Gay Rayder dekabrda Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro mehnat konferensiyasiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

30 may 2018, 18:09 1

Yaponiya O‘zbekistonga yo‘l qurilishi texnikalarini tortiq qiladi

Yaponiya hukumati O‘zbekistonga yo‘l texnikalarini yetkazib berish uchun 7,3 mln dollarlik beg‘araz yordam ajratdi.

30 may 2018, 17:56

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Vladimir Putin tashrifini muhokama qildi

Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov kuzga rejalashtirilgan O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi kun tartibini muhokama qildi

30 may 2018, 14:21

Suv tanqisligi sababli sholi maydonlari qisqartiriladi

Suv tanqisligi sababli sholi maydonlari qisqartiriladi. Paxtachilik sohasida «zarbdor oylik» e’lon qilindi.

30 may 2018, 14:08

Prezident importni tubdan qisqartirishga topshiriq berdi

O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki to‘rt oyida import hajmi 30 foizga oshdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev importni optimallashtirish ishlarini qoniqarsiz deb baholadi.

30 may 2018, 12:04

Toshkentda YPX inspektorlari bodikameralarni sinovdan o‘tkazmoqda

Toshkentda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari uchun bodikameralarni sinovdan o‘tkazmoqda.

29 may 2018, 23:56

Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xodimlari maoshlariga oid ma’lumotlarni e’lon qildi

Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha oylik maoshi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

29 may 2018, 23:35

Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Aziz Eshbekov Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

29 may 2018, 23:14

MAK Toshkent-Nyu-York-Toshkent reysi tariflarini pasaytirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 3 iyundan 8 sentyabrgacha Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ekonom klass tariflarini pasaytirmoqda.

29 may 2018, 18:08

Endilikda toshkentlik xotin-qizlar xorijga chiqish uchun suhbatdan o‘tishi shart emas

Qizlar va ayollar endilikda xorijga chiqishga ruxsatnoma olish uchun Toshkent migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida suhbatdan o‘tishga majbur emas.

29 may 2018, 11:14

MB: May oyida asosiy iste’mol mahsulotlari narxlari pasaydi

MB ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,1 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari — 0,9 foizga, xizmatlar — 1 foizga pasaydi.

29 may 2018, 10:58

Dilshod Ahatov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Dilshod Ahatov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

29 may 2018, 10:39

Sherzod Qudratxo‘jayev Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rahbar bo‘ldi

Yangi tashkil etilgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Sherzod Qudratxo‘jayev rektor etib tayinlandi.

28 may 2018, 21:19

London birjasiga so‘mdagi obligatsiyalar joylashtirildi

London fond birjasiga Xalqaro moliya korporatsiyasining o‘zbek so‘midagi obligatsiyalari joylashtirildi.

28 may 2018, 20:51

Toshkentda Jahon velosiped kuni nishonlanadi

Poytaxtda Jahon velosiped kuni munosabati bilan diplomatik korpus vakillari ishtirokida velotur o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting