Yangiliklar

10 iyul 2018, 11:31

Toshkent aholisi yarim yilda 21 ming kishiga ko‘paydi

Toshkentning doimiy aholisi yarim yil ichida 21 ming kishiga ko‘payib, 2 million 485,9 ming kishiga yetdi.

10 iyul 2018, 11:19

O‘zbekiston aholisi 32,9 milliondan oshdi

Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston aholisi 243,4 ming kishiga (0,7 foiz) oshib, 32,9 millionga yetdi.

10 iyul 2018, 10:47

2019-yildan boshlab futbolchilarga ko‘tarma puli to‘lanmaydi

Umid Ahmadjonov shtatlar jadvali, futbol klublari infratuzilmasi va ko‘tarma puli muammosini hal qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

10 iyul 2018, 10:34

Ombudsman Kattaqo‘rg‘ondagi hodisaga munosabat bildirdi

Kattaqo‘rg‘ondagi hodisa IIO xodimlari o‘rtasida ularning xulq-atvori bo‘yicha «tayanch nuqtasi» bo‘lishi kerak, dedi ombudsman.

9 iyul 2018, 23:54

«Fleshka» savdo markaziga kelgan mijoz sotuvchilarga pichoq urdi

«Fleshka» savdo markazida sotuvchilarga pichoq bilan jarohat yetkazishda gumon qilingan erkak qo‘lga olindi.

9 iyul 2018, 23:19

Xalq ta’limi vaziri Samarqand viloyatidagi maktablar muammolarini o‘rgandi

Xalq ta’limi vaziri Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bir qancha maktablar o‘n yillar davomida kapital ta’mirlanmagan.

9 iyul 2018, 22:22

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Tekirdog‘ provinsiyasidagi temir yo‘l halokatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Turkiya rahbariga hamdardlik bildirdi.

9 iyul 2018, 19:25

Moliya vazirligi oyliklarni kechiktirgani uchun Navoiy g‘aznachiligini ogohlantirdi

Iyulda byudjet tashkilotlari xodimlari oyliklari va ta’til pullarini berishni kechiktirgan Navoiy viloyati moliya va g‘aznachilik organlari Moliya vazirligidan ogohlantirish oldi.

9 iyul 2018, 19:05

Kattaqo‘rg‘ondagi hodisa tizimdagi muammolarni ko‘rsatib berdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi Kattaqo‘rg‘ondagi hodisadan keyin IIVga bir qator talablar tayyorladi. Qo‘mita rahbari Tanzila Narbayeva kelajakda bunday holatlarning oldini olish uchun nimalar qilish kerakligini aytdi.

9 iyul 2018, 16:32

Sirdaryodagi YTHda deputat halok bo‘ldi

Qonunchilik palatasi deputati Sobit Tursunov Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi.

9 iyul 2018, 16:21

Turkiyadagi temiryo‘l halokati natijasida vafot etganlarning soni 24 kishiga yetdi

Turkiyaning Tekirdog‘ provinsiyasida yuz bergan temiryo‘l halokati natijasida 24 kishi vafot etdi, 124 kishi shifoxonada davolanishda davom etmoqda.

9 iyul 2018, 12:36

Senat raisi Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida qatnashadi

Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida qatnashadi.

9 iyul 2018, 11:15 1

Qoraqalpog‘istonlik yosh jurnalist Furqat Yusupov vafot etdi

Qoraqalpog‘istonlik yosh jurnalist, Kruz.uz sayti asoschisi Furqat Yusupov cho‘kayotgan qizlarni qutqaraman deb halok bo‘ldi.

9 iyul 2018, 10:33

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Qoraqalpog‘iston va to‘rtta viloyat davlat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.

9 iyul 2018, 10:20

Termizda Afg‘oniston konsulxonasi ochiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Afg‘oniston prezidenti uchrashuvida Termizda Afg‘oniston konsulxonasini ochishga O‘zbekiston roziligi tasdiqlandi.

9 iyul 2018, 10:02

Toshkentda iyunda kvartiralar narxi arzonlashdi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar iyun oyida 2 foizga arzonlashdi.

8 iyul 2018, 21:54

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi. Yaponiyadagi suv toshqini sababli 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

8 iyul 2018, 10:33

JCH-2018: Rossiyadan ustun kelgan Xorvatiya yarimfinalda o‘ynaydi

Rossiyani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etgan Xorvatiya yarimfinalda Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

7 iyul 2018, 23:03

JCH-2018: Shvetsiyani mag‘lub etgan Angliya yarimfinalga chiqdi

Shvetsiyadan ustun kelgan Angliya yarimfinalda Rossiya — Xorvatiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

7 iyul 2018, 17:48

Toshkentda Bunyodkor shoh ko‘chasining bir qismi yopildi

Bunyodkor shoh ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Chilonzor metro bekatigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun yopildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting