13 iyul, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

8 iyul 2020, 16:17

“Respublikaning barcha hududlari “qizil hudud"ga aylantirildi” — Shohrux G‘iyosov

Mamlakatning barcha hududlari “qizil” zonaga o‘tkaziladi. Stikerli avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat beriladi, ammo masala hali ko‘rib chiqiladi.

8 iyul 2020, 16:00

Charter reyslari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Respublika maxsus komissiyasi 6 — 19 iyul kunlariga belgilangan charter reyslar jadvaliga o‘zgartishlar kiritdi. Jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg va Dubayga ayrim charter reyslar bekor qilindi.

8 iyul 2020, 15:53

“Statsionarlarda yotoq-joylar qolmadi” — Xabibulla Oqilov

Shifoxonalarda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar uchun mo‘ljallangan yotoq-joylar qolmadi. Agar kuniga 1000 ta holat aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi butunlay qulaydi, dedi koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Xabibulla Oqilov.

8 iyul 2020, 14:09

“To‘rtta to‘yda 110 ta kasallangan aniqlandi” — Sog‘liqni saqlash vaziri

Koronavirus bemorlari orasida o‘lim sonining oshishiga 50 foiz holatlarda shifokorlarga kech murojaat qilganlik sabab bo‘lmoqda, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vaziri. Alisher Shodmonov alomatlarsiz bemorlarni uyda davolash hamda sog‘liqni saqlash tizimi koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga qanchalik tayyor ekanligi to‘g‘risidagi masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

8 iyul 2020, 13:38

Talabalar turar-joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi

Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslar uy karantiniga hamda OTM va kasb-hunar kollejlarining talabalar turar-joylari bazasida tashkil etilgan karantinda saqlash joylariga o‘tkaziladi. Oliy ta’lim vazirligi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan karantinda saqlash infratuzilmasiga ega OTM va kollejlar ro‘yxatini tuzib chiqadi.

8 iyul 2020, 13:06

Sanoat va yirik qurilish ob’ektlari to‘liq karantinga olinadi

Sanoat va yirik qurilish ob’ektlari faoliyatiini davom ettirish uchun shartlar belgilandi. Ularning hududi to‘liq karantinga olinadi.

8 iyul 2020, 12:50

O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirildi

10 iyuldan 1 avgustga qadar O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytiriladi. Respublika hududida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi. Davlat organlari va tashkilotlarning mehnat faoliyati maksimal darajada masofadan turib tashkil etiladi. Parklar, buyum bozorlari, sport zallari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyati to‘xtatiladi. Xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi.

8 iyul 2020, 12:17

Andijonda “mas'uliyatsiz” rahbarlar ko‘krak nishonlari bilan belgilandi

Andijon viloyati rahbarlariga ish natijalariga qarab “mas'uliyatsiz rahbar” va “mas'uliyatli rahbar” so‘zlari yozilgan nishonlar berildi. Bu ish Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning tashabbusi bilan amalga oshirildi.

8 iyul 2020, 11:06

Braziliya prezidentida koronavirus tasdiqlandi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga topshirgan test natijalari ijobiy chiqdi. U uydan turib o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

8 iyul 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 10800 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 168 nafarga ortib, jami 10838 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida va 7 nafari Namangan viloyatida qayd etildi. Shundan 38 nafari aholi orasida.

8 iyul 2020, 09:58

Toshkentlik 64 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 64 yoshli toshkentlik bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 41 nafarga yetdi.

8 iyul 2020, 09:39

Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Buxoro viloyatida tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilgan. YTH natijasida tez tibbiy yordam avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etishgan.

7 iyul 2020, 19:51

“G‘afur G‘ulom bog‘ining o‘rnida qurilish bo‘lishi haqidagi qo‘rquvlar asossiz” — Toshkent hokimligi

Toshkent hokimligi yana bir bor G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i fuqarolar dam olish joyi sifatida yashil zona bo‘lib qolishini ta’kidladi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘rnida turar-joy majmuasi yoki biznes-markaz quriladi, degan gap-so‘zlar tarqalgan edi.

7 iyul 2020, 18:34

“O‘zsanoatqurilishbank” Navoiy filiali rahbari o‘rinbosari vafot etdi

Navoiyda “O‘zsanoatqurilishbank” filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari X. Sh. vafot etdi. Unda koronavirus aniqlangan edi.

7 iyul 2020, 18:18

Sergelida umumxalq xayriya hashari mablag‘lari talon-taroj qilindi

“Mahalla” jamg‘armasining Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan 95,8 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi. Ularga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

7 iyul 2020, 18:01

Yana 128 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 10587)

Koronavirus holatlari 128 taga ko‘payib, jami 10587 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 112 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Qoraqalpog‘istonda, 2 nafardan Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shundan 34 nafari aholi orasida qayd etildi.

7 iyul 2020, 17:55

Farg‘ona Botkenga koronavirus testlari va tibbiy uskunalar taqdim etdi

Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken viloyatiga koronavirus testlari va tibbiy asbob-uskunalarni o‘z ichiga olgan gumanitar yordam yubordi.

7 iyul 2020, 17:51

Toshkentlik 79 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 79 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u shifokorlarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 39 nafarga yetdi.

7 iyul 2020, 17:21

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi

2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘tgan 5 yil davomida eng yuqori natija — 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi. 6−7 iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Seulga amaliy tashrifi davomida yangi kelishuvlarga erishildi.

7 iyul 2020, 17:08

Sport tarixidagi rekord shartnoma imzolandi — 10 yilga 503 mln dollar

Amerikancha futbol jamoasi “Kanzas-Siti Chifs” a’zosi Patrik Maxoums sport tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi. Shartnoma qiymati 503 mln dollar bo‘lib, 10 yil muddatga tuzildi.