Yangiliklar

30 noyabr 2018, 23:22

FVV «Qamchiq» dovonida kuchli qor yog‘ishi va qalin tuman tushishidan ogohlantirdi

FVV «Qamchiq» dovonida kuchli qor yog‘ishi va qalin tuman tushishi sababli yo‘lning ko‘rish chegarasi qisqarishidan ogohlantirdi.

30 noyabr 2018, 21:15

Angrenda Uy-joy shirkatlari uyushmasining sobiq raisi fuqarolarni 100 ming dollar va 78 mln so‘mga chuv tushirdi

Angren shahar hokimiyatining uy-joy shirkatlari uyushmasining sobiq raisi qarzdorligi bor uylarni arzonga sotib olib berishni va’da qilib, fuqarolarni 100,9 ming dollar va 78 mln so‘mga chuv tushirdi.

30 noyabr 2018, 21:00

Peshko‘ tumanida sement ishlab chiqaradigan zavod quriladi

Chexiyaning yirik korxona va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvda Peshko‘ tumanida sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod qurilishi borasida kelishib olindi.

30 noyabr 2018, 20:51

O‘zbekiston elchisi Bolgariya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Alisher Agzamxo‘jayev Bolgariya Respublikasi prezidenti Rumen Radevga ishonch yorliqlarini topshirdi.

30 noyabr 2018, 20:39

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyoda eng yaxshi bo‘lish uchun davogarlik qilmoqda

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC)ning qit’ada yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida tashkil etgan so‘rovnomasida qatnashmoqda.

30 noyabr 2018, 20:17

Samarqand viloyatining ikki tumani hokimlariga ma’muriy chora ko‘rildi

Jomboy tumani hokimi U.Nazarov va Oqdaryo tumani hokimi F.Abilov Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun ularga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

30 noyabr 2018, 19:59

«Biz FB va YouTube ishlashidan foydalanuvchilardan kam manfaatdor emasmiz» — «O‘zbektelekom»

«O‘zbektelekom» FB va YouTube ishlashidan foydalanuvchilardan kam manfaatdor emas, ya’ni daromadlarga ta’sir ko‘rsatadi, deya tan oldi operator vakili.

30 noyabr 2018, 17:42

Prezident Urganchdagi innovatsion maktab faoliyati bilan tanishdi

Prezident Urganch shahridagi «Nihol» innovatsion maktabi faoliyati bilan tanishib, maktabga avtobus, o‘quvchilariga planshetlar sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

30 noyabr 2018, 16:56

Komil Allamjonov yangi lavozimdagi ishini boshladi

O‘zbekiston prezidentining sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbari v.b. lavozimdagi ishiga rasman kirishdi.

30 noyabr 2018, 15:26

Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimligiga tasdiqlandi

Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Ermanov hudud rahbarligiga tasdiqlandi.

30 noyabr 2018, 14:37

«SamAvto» zavodi yangi avtobus va yuk mashinalarini taqdim etdi

«SamAvto» korxonasi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida avtobus va yuk mashinalarining yangi modellarini taqdim etdi.

30 noyabr 2018, 14:20

Xalqaro internet kanali sig‘imi 1200 Gbit/s ga yetdi

«O‘zbektelekom» yil boshidan buyon xalqaro internet kanali o‘tkazuvchanligini 10 barobarga — 110 dan 1200 Gbit/s ga qadar oshirdi.

30 noyabr 2018, 10:32

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari «Chirchiq» poligonida yig‘in o‘tadi

Vazirlar, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va boshqa darajadagi rahbarlar «Chirchiq» poligonida yig‘in o‘tadi.

30 noyabr 2018, 10:11

TSVda JSTga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari joriy etildi

Tashqi savdo vazirligida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

30 noyabr 2018, 09:55

«Yandeks» O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

«Yandeks» xizmati O‘zbekistonda tez orada qayerda yog‘ingarchiliklar va boshqa ob-havo hodisalari kuzatilishini ko‘rsatib turuvchi yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi.

29 noyabr 2018, 23:22

Eksportchilar soliq imtiyozlariga ega bo‘ldi

Prezident imzolagan farmonga ko‘ra, eksport bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ldi.

29 noyabr 2018, 21:55

Xorazmning, Xivaning tarixi to‘liq o‘rganilmagan, uni tanishtirish bo‘yicha tizim ham yo‘q — prezident

Prezident Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, Xiva shahrining tarixiy qismini batafsil rejalashtirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

29 noyabr 2018, 21:17

O‘zbekiston yil so‘ngiga qadar kredit reytingini olishi mumkin

O‘zbekiston yil so‘ngiga qadar suveren kredit reytingini olishi, 2019 yilning birinchi choragida esa tashqi bozorga obligatsiyalarni chiqarishi mumkin, dedi moliya vaziri.

29 noyabr 2018, 20:28

O‘zbekiston Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot kengashi O‘zbekistonning MXTga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini ma’qulladi. Mamlakat tashkilotning 173-a’zosi bo‘ldi.

29 noyabr 2018, 20:16

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bayrog‘i va emblemasini ta’sis etish to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, Mudofaa vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting