Yangiliklar

9 oktabr 2018, 11:27

O‘smirlar olimpiadasi. Nilufar Yermagambetova bronza medalini qo‘lga kiritdi

Dzyudochi Nilufar Yermagambetova Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

9 oktabr 2018, 10:44

Shavkat Mirziyoyev Fransiya kompaniyalarini O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarida qatnashishga chaqirdi

Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev ularni O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarida qatnashishga chaqirdi.

9 oktabr 2018, 10:20

O‘ziga qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni tugatishni so‘rab pora taklif qilgan ayol qo‘lga olindi

Olmazor tumanida yashovchi D.K. ismli ayol o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini to‘xtatishni so‘rab ichki ishlar organlari xodimiga 1 000 AQSH dollarini pora sifatida berayotgan vaqtida ushlandi.

9 oktabr 2018, 10:11

O‘zbekiston prezidenti Fransiya Senati raisi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni Parij shahrida Fransiya Respublikasi Senati raisi Jerar Larshe bilan uchrashdi.

9 oktabr 2018, 10:01

O‘zbekistonning Xalqaro migratsiya tashkilotiga a’zo bo‘lishi kutilmoqda

Xalqaro migratsiya tashkiloti O‘zbekiston a’zoligidan so‘ng mamlakatda kamida ikkita vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda.

9 oktabr 2018, 09:44

Paraosiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqaning ikkinchi kunida 11 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Paraosiyo o‘yinlarining ikkinchi kun yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi.

9 oktabr 2018, 09:40

Aholi prezident topshiriqlari ijrosini nazorat qilishi mumkin

O‘zbekistonda prezident topshiriqlarining bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun Jamoatfikri.uz portali ishga tushiriladi.

9 oktabr 2018, 09:15

Moliya vazirligi 4,5 mlrd so‘mlik kamomad va o‘zlashtirish holatlarini aniqladi

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi uchinchi chorakda byudjet tashkilotlarida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar mavjudligini aniqladi.

9 oktabr 2018, 09:05

O‘zbekiston prezidenti YUNESKO rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev hamda YUNESKO bosh direktori Odri Azule aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi.

8 oktabr 2018, 21:53

Qashqadaryoda gaz portlashi oqibatida ikki bola halok bo‘ldi

Kitob tumanidagi uylardan birida nosoz gaz plitasi sababli gaz portlashi sodir bo‘ldi, ikki bola hayotdan ko‘z yumdi.

8 oktabr 2018, 21:05

O‘zbekiston OTMlari Fransiya oliygohlari bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekistonning qator universitetlari Fransiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

8 oktabr 2018, 21:00

Uch nafar fransiyalik Samarqandning faxriy fuqarosi bo‘ldi

Parijda bir qancha fransiyaliklarga Samarqand shahrining faxriy fuqarosi unvonlari topshirildi.

8 oktabr 2018, 20:31

O‘z farzandini 15 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Toshkentda o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

8 oktabr 2018, 20:20

Toshkentda Lacetti urib yuborgan qiz komaga tushdi

Toshkentda yo‘lovchi qizni urib yuborib, komaga tushishiga sababchi bo‘lgan Lacetti avtomobili haydovchisi qo‘lga olindi.

8 oktabr 2018, 19:55

IIBB Sergelida voyaga yetmaganlar zo‘rlangani va o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

IIBB Sergeli tumanida voyaga yetmagan qizlarning zo‘rlangani va o‘ldirib ketilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.

8 oktabr 2018, 19:10

Bojxona brokerlari sug‘urtalanishi zarur

O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan Bojxona kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

8 oktabr 2018, 19:06

Paraosiyo o‘yinlari. Roza Qo‘ziyev oltin medal sohibi bo‘ldi

Musobaqada -55kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan pauerliftingchi Roza Qo‘ziyeva 113 kg natija qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

8 oktabr 2018, 18:46

Orolni rivojlantirish fondiga 251,1 milliard so‘m o‘tkazildi

Joriy yilning 9 oyi davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish fondiga kelib tushgan 251,1 mlrd so‘mning 15 mlrd so‘mi investitsiya hissasiga to‘g‘ri keladi.

8 oktabr 2018, 18:36

Paraosiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik dzyudochilar to‘rtta medalga ega bo‘ldi

Paraosiyo o‘yinlarida Sherzod Namozov (-60kg) va O‘tkir Nig‘matov (-66kg) oltin, Lobar Xurramova (-48kg) kumush, Sevinch Sallayeva (-52kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

8 oktabr 2018, 18:31

Yana 4 ta viloyatda paxta teruvchilarga ustama joriy qilindi

O‘zbekistonning yana to‘rtta viloyatida paxta teruvchilarga ustama haq to‘lash joriy etildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting