19 yanvar, yakshanba

Yangiliklar

Prezident Urganchdagi innovatsion maktab faoliyati bilan tanishdi 

Prezident Urganch shahridagi «Nihol» innovatsion maktabi faoliyati bilan tanishib, maktabga avtobus, o‘quvchilariga planshetlar sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Komil Allamjonov yangi lavozimdagi ishini boshladi 

O‘zbekiston prezidentining sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbari v.b. lavozimdagi ishiga rasman kirishdi.

Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimligiga tasdiqlandi 

Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Ermanov hudud rahbarligiga tasdiqlandi.

«SamAvto» zavodi yangi avtobus va yuk mashinalarini taqdim etdi 

«SamAvto» korxonasi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida avtobus va yuk mashinalarining yangi modellarini taqdim etdi.

Xalqaro internet kanali sig‘imi 1200 Gbit/s ga yetdi 

«O‘zbektelekom» yil boshidan buyon xalqaro internet kanali o‘tkazuvchanligini 10 barobarga — 110 dan 1200 Gbit/s ga qadar oshirdi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari «Chirchiq» poligonida yig‘in o‘tadi 

Vazirlar, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va boshqa darajadagi rahbarlar «Chirchiq» poligonida yig‘in o‘tadi.

TSVda JSTga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari joriy etildi 

Tashqi savdo vazirligida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

«Yandeks» O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi 

«Yandeks» xizmati O‘zbekistonda tez orada qayerda yog‘ingarchiliklar va boshqa ob-havo hodisalari kuzatilishini ko‘rsatib turuvchi yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi.

Eksportchilar soliq imtiyozlariga ega bo‘ldi 

Prezident imzolagan farmonga ko‘ra, eksport bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ldi.

Xorazmning, Xivaning tarixi to‘liq o‘rganilmagan, uni tanishtirish bo‘yicha tizim ham yo‘q — prezident 

Prezident Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, Xiva shahrining tarixiy qismini batafsil rejalashtirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

O‘zbekiston yil so‘ngiga qadar kredit reytingini olishi mumkin 

O‘zbekiston yil so‘ngiga qadar suveren kredit reytingini olishi, 2019 yilning birinchi choragida esa tashqi bozorga obligatsiyalarni chiqarishi mumkin, dedi moliya vaziri.

O‘zbekiston Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi 

Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot kengashi O‘zbekistonning MXTga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini ma’qulladi. Mamlakat tashkilotning 173-a’zosi bo‘ldi.