Yangiliklar

14 dekabr 2018, 19:39

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Senatning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

14 dekabr 2018, 19:33

IIV O‘zbekistondagi kriminogen vaziyat to‘g‘risida hisobot berdi

Senatda hisobot bergan IIV jinoyatchilik, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xizmat intizomini buzish darajasi hamda raqam sotish va tonirovkadan tushgan mablag‘lar haqida ma’lum qildi.

14 dekabr 2018, 19:18

Obid Asomov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov 56 yoshda vafot etdi.

14 dekabr 2018, 18:03

Qashqadaryoda uch tuman va bir shahar hokimi almashdi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Yakkabog‘ va Koson tumanlarida, shuningdek, Shahrisabz shahrida ham hokim almashtirildi.

14 dekabr 2018, 17:43

O‘zbekistonning investitsiya salohiyatiga oid chet tillardagi materiallar hali ham yetishmaydi — Senat

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

14 dekabr 2018, 16:38

O‘zbekiston va Vengriya biznes forumda 46,5 mln dollarlik bitimlarni imzoladi

Meva va sabzavotlarni qayta ishlash, urug‘chilik, baliq yetishtirish bo‘yicha majmualar qurilishi — O‘zbekiston-Vengriya forumi yakunlari.

14 dekabr 2018, 16:34

Shovotda dizel yoqilg‘isining noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

«Shovot» chegara bojxona posti orqali kirib kelayotgan qo‘shni davlat fuqarosi Sh. M. jami 2 tonna 200 litr dizel yoqilg‘isini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lganida to‘xtatildi.

14 dekabr 2018, 16:28

Yo‘llarda 4 million 281 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l-transport hodisalari soni 882 taga yoki 9,8 foizga, ularda halok bo‘lganlar soni 182 nafarga yoki 8,1 foizga, jarohat olganlar soni 1 ming 39 nafarga yoki 12,1 foizga kamaydi.

14 dekabr 2018, 16:09

Ruslanbek Davletov OAVda aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etilmayotganini qoraladi

Semenar-treningda so‘zga chiqqan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jinoyatchilik holatlari haqidagi materiallar ba’zi holatlarda antireklama bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

14 dekabr 2018, 16:02

Ijtimoiy masalalarni hal qilish uchun avvalo iqtisodiyotni rivojlantirish kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, odamlarni ish bilan ta’minlash yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi.

14 dekabr 2018, 15:57

Isroil Madrimov Osiyoning eng yaxshi bokschisi bo‘ldi

Isroil Madrimov Osiyoning eng yaxshi bokschisi, Dilshod Kazakov eng yaxshi texnik mutaxassis, Aleksandr Hamidov eng yaxshi hakam, O‘zbekiston boks federatsiyasi eng yaxshi federatsiya deb topildi.

14 dekabr 2018, 12:29

Qozog‘istonda «O‘zbekiston yili» yakunlandi

Qozog‘istonda «O‘zbekiston yili"ning tantanali yopilish marosimi «Qozog‘iston» markaziy konsert zalida bo‘lib o‘tdi.

14 dekabr 2018, 12:22

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadada umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

14 dekabr 2018, 12:10

Firibgarlik qilgan shaxslar DXX tomonidan ushlandi

DXXga ishga kiritib qo‘yaman deb pul olgan qamashilik va o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, odamlardan pul olgan xivalik shaxs qo‘lga olindi.

14 dekabr 2018, 12:03

Energetik ichimliklar realizatsiyasi tartibga solinadi — Senat

Senat tomonidan energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

14 dekabr 2018, 11:45

Prezident Qarshidagi to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi «Sulton tex group» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

14 dekabr 2018, 11:36

Shohjahon Ergashev bugun Krasnodarda ringga ko‘tariladi

Professional bokschi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini Rossiyaning Krasnodar shahrida argentinalik Nazareno Gaston Ruizga qarshi jang o‘tkazadi.

14 dekabr 2018, 11:21

Ishga qabul qilishda endilikda propiska talab qilinmaydi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Mehnat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida ishga qabul qilishda endilikda propiska talab qilinmaydigan bo‘ldi.

14 dekabr 2018, 11:10

Prezident Qarshidagi zamonaviy jihozlangan shifoxonalarni ko‘zdan kechirdi

Prezident Qarshidagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining filiallariga tashrif buyurdi.

13 dekabr 2018, 23:18

Fransiya islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga 150 mln yevro ajratdi

Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekiston byudjetini qo‘llab-quvvatlashga 150 mln yevrolik zayom ajratdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting