22 yanvar, chorshanba

Yangiliklar

1 martdan inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi 

1 martdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.

Kobul Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qo‘shilish niyatida 

Kobul hokimi o‘rinbosari Muhammad Fozil Sharifiy Afg‘oniston poytaxti ma’muriyati Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qo‘shilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 

Shanba kuni yog‘ingarchiliklarsiz o‘tishi, yakshanbada esa ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Rossiyadagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi 

Saratov viloyatida mikroavtobus ishtirokidagi avtohalokatda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi.

YHXBB YTHlarning ochiq statistikasini e’lon qila boshladi 

IIV YHXBB O‘zbekistonda YTHlarning hududlar kesimidagi to‘liq statistikasi va avariyalar sabablarini e’lon qila boshladi. Yilning dastlabki 10 kunida 107 ta avariya natijasida 35 kishi halok bo‘ldi, 100 kishi jarohat oldi.

Navoiyda 4 qavatli savdo majmuasida yong‘in chiqdi 

Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo markazida yuz bergan yong‘in natijasida 6 ta kiyim do‘koni to‘liq yondi, yana 14 ta do‘kon jiddiy zarar ko‘rdi.

Mixail Mishustin Rossiya bosh vaziri etib tayinlandi 

2010 yildan beri Federal Soliq xizmatini boshqarib kelayotgan Mixail Mishustin Rossiya hukumatiga rahbar bo‘ldi. Uning nomzodi Davlat Dumasi deputatlarining 85,1 foizi tomonidan ma’qullandi.

SSP: Palataga majburiy a’zolik faqat yirik tadbirkorlik subyektlariga taalluqli 

SSP palataga majburiy a’zolik doirasini kengaytirishga qaratilgan tuzatishlar faqatgina yirik tadbirkorlik subyektlariga taalluqli ekanini ma’lum qildi.

Abituriyentlarga endilikda 6 tagacha oliy ta’lim muassasasini tanlash imkoni beriladi 

Yoshlar press-klubining navbatdagi sessiyasida Davlat test markazi direktori Majid Karimov 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi asosiy vazifalar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi muhokama qilindi 

Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ilmiy-ma’rifiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bunyodkor ko‘prigidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi 

Toshkentning Chilonzor tumanida Bunyodkor ko‘prigida Nexia Lifan bilan to‘qnashdi, sedanning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.