Yangiliklar

20 mart 2019, 18:15

Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati raisligiga saylandi

Darig‘a Nazarboyeva yopiq ovoz berish yo‘li bilan Qozog‘iston Senati raisligiga saylandi.

20 mart 2019, 18:10

«Ochiq adliya» dasturi ishga tushirildi

«Ochiq adliya» dasturi doirasida adliya organlarida ovoz yozish va tasvirga olishga ruxsat berildi, Adliya vazirligining moliyaviy hisobotlari rasmiy saytda e’lon qilinadi.

20 mart 2019, 17:57

Bir qator tijorat banklarida valyuta savdosi vaqtincha cheklandi

To‘qqizta tijorat bank «valyuta birjasi savdolarida yo‘l qo‘yilgan muntazam qoidabuzarliklar sababli» valyuta savdolarida vaqtincha qatnashmaydi.

20 mart 2019, 17:46

Qashqadaryoda xalqaro musobaqada ko‘pkari va kurash musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Navro‘z bayrami arafasida Xalqaro ko‘pkari va milliy xalq o‘yinlari musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

20 mart 2019, 17:31

Toshkentda foydalanishga topshirilgan yopiq turdagi suzish havzasiga 5 milliard so‘m sarflandi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Katta Qorasuv mahallasida mahallasida yangi yopiq turdagi basseyn foydalanishga topshirildi.

20 mart 2019, 15:01

Toshkentda isitish mavsumi yakuniga yetgani e’lon qilindi

Toshkentda 23 martdan isitish mavsumini yakuniga yetkazish bo‘yicha ishlar boshlanadi.

20 mart 2019, 13:54

Fevralda Toshkentdagi kvartiralar narxi o‘zgarmadi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar noyabrdan buyon qariyb o‘zgarmadi.

20 mart 2019, 13:47

Italiyalik investorlar Sirdaryoda tibbiy klinika qurmoqchi

Italiyalik investorlar Gulistonda qiymati 2 million yevro bo‘lgan 40 ta ish o‘rinli tibbiyot markazi qurish uchun bino so‘radi.

20 mart 2019, 13:28

Bir ayolni fohishalikka yuborayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida Buxoro viloyatida yashovchi 35 yoshli N.Sh. 21 yoshli N.J. ismli ayolni Dubay shahriga fohishalik qilishi uchun yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

20 mart 2019, 13:22

Sud «Yangiobod» turbazasi egalari da’vosini qanoatlantirmadi

Sud Toshkent viloyati hokimining «Yangiobod» turbazasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishni rad etdi.

20 mart 2019, 12:49

Jizzaxda «Xavfsiz hudud» dasturi loyihasi Xitoy bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin

Jizzax shahrida zamonaviy mehmonxona, konferens-xoll, ko‘rgazmalar saroyi, «Xavfsiz hudud» dasturi loyihasi amalga oshirish bo‘yicha Xitoy tomoni bilan muzokara o‘tkazildi.

20 mart 2019, 12:30

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘zgardi

Prezidentning tegishli farmoyishiga ko‘ra Dilshod Choriyev Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

20 mart 2019, 12:15

Qosim-Jomart Tokayev qasamyod qildi, Qozog‘istonda 2020 yilda saylov o‘tkaziladi

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishgan Qosim-Jomart Tokayev qasamyod qildi. U poytaxt nomini birinchi prezident sharafiga Nursulton deb o‘zgartirishni taklif qildi.

20 mart 2019, 11:51

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida rekord miqdorda sportchilar qatnashadi

Chirchiqda o‘tkaziladigan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida 284 nafar sportchi qatnashish istagini bildirgan.

20 mart 2019, 11:40

Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 38 ming 49 gektar yer uchastkalari ajratiladi

Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qaroriga muvofiq 38 ming 49 gektar yer uchastkalari ajratiladi.

20 mart 2019, 11:31

DXX chegara qo‘shinlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning yirik partiyasi to‘xtatib qolindi

DXXning chegara qo‘shinlari vakillari 90 million so‘mga teng «ondatra» terisining O‘zbekiston chegarasidan noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘ydi.

20 mart 2019, 11:26

2019 yilda 370 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi — prezident qarori

2019 yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

20 mart 2019, 11:20

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga yangi texnika va qurol-aslahalar topshirildi

Chirchiq dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan butlash dasturiga muvofiq yangi harbiy texnikalar topshirildi.

20 mart 2019, 11:03

Sug‘urta polisi arzonlashdi, YTH natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘lanadigan summa oshirildi

Sug‘urta polis narxini xisoblash uchun ishlatiladigan sug‘urta koeffitsiyentlari sezilarli darajada kamaytirildi hamda birlashtirildi.

20 mart 2019, 10:51

Jahongir Ortiqxo‘jayev murojaatlarni vaqtida hal etmagan tuman hokimliklarini ogohlantirdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev murojaatlarni vaqtida hal etmagan Yakkasaroy, olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Sergeli tuman hokimliklarini ogohlantirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting