17 noyabr, yakshanba

Yangiliklar

«Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi  +1

«Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra prokuratura organlarida 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga 15 kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘ona viloyatidagi hodisa yuzasidan izoh berdi 

Chegara qo‘shinlari yosh yigit chegarchilar tomonidan kaltaklangani yuzasidan izoh berar ekan, uning qonunbuzarlik sodir etilgan joyda harbiylarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganini ma’lum qildi.

Andijon viloyatidagi o‘zgarishlar haqida she’r yozgan shoirga Nexia sovg‘a qilindi  +1

Andijon viloyati hokimi paxta terimiga targ‘ib qilingan she’rlari uchun shoir Sharofiddin Boltaboyevga Nexia avtomobili sovg‘a qildi.

O‘zbekiston Turkiya bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etishni tezlashtirmoqchi 

O‘zbekiston Turkiya bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomani tayyorlashni tezlashtirish maqsadida.

Toshkentda mushuklar uchun uychalar joylashtirib chiqiladi  +1

Toshkent IIBB ko‘magida ichki ishlar bo‘limlari yaqiniga 78 ta mushuklar uchun uychalar joylashtiriladi.

Toshkentda 2 200 AQSH dollariga qalbaki diplom sotayotgan firibgar ushlandi 

Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari qalbaki diplomni 2 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

Innovatsion rivojlanish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Prezident qarori bilan Olimjon To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

MIB, ichki ishlar va chegara qo‘shinlarining idoralararo hamkorlik tizimi qayta ko‘rib chiqildi 

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qarorga binoan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda qo‘llaniladi.

Farg‘onada hamshiralik vazifasiga ishga kirish 800 AQSH dollari so‘ragan vrach qo‘lga olindi 

Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti bir fuqaroni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga o‘rinbosar tayinlandi 

Bahodirjon Shermuhammadov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

«Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonun imzolandi 

Prezident «Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat Markaziy bankka erkin shakllanuvchi almashuv kursi rejimi sharoitida ichki valyuta bozoriga intervensiyalarning faqatgina valyuta kursining keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida amalga oshirishga ruxsat beradi.