Yangiliklar

19 sentabr 2019, 13:19

Samarqandda turistik markaz qurilishi boshlandi

Samarqanddagi eshkak eshish kanali hududida turistik markaz qurilishi boshlandi. Kanalning tabiiy shart-sharoitlari saqlab qolinadi va sport tadbirlari davom ettiriladi.

19 sentabr 2019, 12:42

Adliya vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi

Rahim Hakimov adliya vaziri o‘rinbosari va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, To‘lqin Abdusattorov esa adliya vaziri o‘rinbosari va Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

19 sentabr 2019, 12:23

«Toshshahartransxizmat» va metropoliten zararlari qoplanadi

Moliya vazirligi va hokimiyat «Toshshahartransxizmat» va metropolitenning 47,7 mlrd so‘mlik zararlarini qoplaydi, ushbu mablag‘lar dizel yoqilg‘isi va elektr energiyasi uchun qarzlarni to‘lashga sarflanadi.

18 sentabr 2019, 22:24

Noma’lum tadbirkor Namangandagi maktabga 25 ta televizor sovg‘a qildi

Namanganda o‘z ismini oshkor qilmagan tadbirkor shahardagi o‘zi o‘qigan maktabga 25 ta televizor sovg‘a qildi.

18 sentabr 2019, 20:48

O‘zbekiston ilk bor futbol bo‘yicha U-19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

19 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo chempionati ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

18 sentabr 2019, 20:17

Eski namunadagi tanga va banknotlar muomaladan chiqariladi

2020 yil 1 martdan 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar va banknotlar muomaladan chiqariladi.

18 sentabr 2019, 17:30

O‘zbekiston va Tojikiston terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

18 sentabr 2019, 16:50

Moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar bo‘lgan Axadbek Haydarov hamda bunga qadar qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Abdimuxtor Ergashev moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

18 sentabr 2019, 16:41

Bahrom Ashrafxonov Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi

Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.

18 sentabr 2019, 16:36

O‘zboshimchalik bilan oltin qazimoqchi bo‘lgan ikki kishi vafot etdi

Samarqand viloyatidagi shaxtada o‘zboshimchalik bilan oltin qaziyotganlarni tosh bosib qolishi natijasida ikki kishi vafot etdi, biri jarohatlandi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

18 sentabr 2019, 16:14

Shahobiddin Zoirov jahon chempionatida eng kamida bronza medalni naqd qildi

Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak finalida Shahobiddin Zoirov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

18 sentabr 2019, 15:59

O‘zbekistonda ilk marta MMA janglari o‘tkaziladi

21 dekabr kuni Toshkentda katta MMA kechasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

18 sentabr 2019, 15:16

Deputat Alisher Hamroyev: «Men bu Qonunga qarshi ovoz beraman»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev «Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida"gi qonunni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.

18 sentabr 2019, 12:51

O‘zbekiston fuqarolari Sankt-Peterburgda politsiyachiga hujum qildi

Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda hujjatlari yo‘qligi uchun bo‘limga borishni taklif qilgan YPX xodimiga hujum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

18 sentabr 2019, 12:29

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish sanalari va tartiblari aniq bo‘ldi

Mobil qurilmalarni IMEI o‘rqali ro‘yxatga olish tartiblari belgilandi. 1-noyabrgacha avtomat ravishda bepul, 1-dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.

18 sentabr 2019, 10:29

Yengil sanoatda mahsulotlar ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi

Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

18 sentabr 2019, 10:10

O‘zbekistonlik besh nafar bokschi jahon chempionatining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik besh nafar bokschi ishtirokini davom ettirmoqda.

18 sentabr 2019, 09:58

Prezident o‘tkazgan videoselektorda sanoatda mahalliylashtirish masalasi muhokama etildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

17 sentabr 2019, 23:28

2022 yilda ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona tuzilma tashkil etiladi

2022 yilda Ijtimoiy himoya vazirligini tashkil etish, 2021 yilgacha Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

17 sentabr 2019, 21:01

Samarqandda osma yo‘l loyihasi taqdim etildi

Samarqandda butun shahar bo‘ylab o‘tadigan osma yo‘l qurish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting