Yangiliklar

7 noyabr 2019, 12:54

Tadqiqotchi Yevgeniy Bunin O‘zbekistonga kiritilmadi

Uyg‘urlar muammosi bilan shug‘ullanayotgan va avval O‘zbekistonga tashrif buyurgan tadqiqotchi Yevgeniy Buninga mamlakatga kirishga ruxsat berilmadi.

7 noyabr 2019, 11:56

Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov avariyada halok bo‘ldi

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov avtomobil avariyasida halok bo‘ldi. Uni yarim tunda yuk mashinasi urib yubordi.

7 noyabr 2019, 11:42

O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi (+foto)

O‘zbekistondagi eng katta poligon — Markaziy harbiy okgugga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi.

7 noyabr 2019, 09:22

Toshkentda 55 ming tup yangi ko‘chatlar ekiladi

Kuz tugaguncha poytaxtda kesishga ruxsat berilgan qariyb 5000 daraxt o‘rniga tovon sifatida 55 ming tup chinor, eman va shumtol ekiladi. Bu raqam 100 ming tupga chiqishi mumkin.

6 noyabr 2019, 21:11

Samarqandda ishchilar o‘rtasidagi janjalda Turkiya fuqarolari jarohatlandi

Samarqanddagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan ommaviy janjalda to‘rt ishchi, jumladan uch nafar Turkiya fuqarosi jarohat oldi.

6 noyabr 2019, 16:49

Tojikistondagi chegara postiga ID a’zolari hujum qilgani haqida bayonot berildi

Tojikistondagi chegara postiga hujum qilgan qurollangan shaxslarning ID terroristlari ekani va Afg‘onistondan kirib kelgani ma’lum qilindi.

6 noyabr 2019, 16:20

Farg‘ona viloyatidagi YTHda ikki o‘quvchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida Nexia va Tico to‘qnashuvi natijasida opa-singil o‘quvchilar vafot etdi.

6 noyabr 2019, 12:49

«Odamlar o‘z salomatligining qadriga yetmaydi» — sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abduxakim Xojiboyev: O‘zbekistonda odamlar o‘z salomatliklarining qadriga yetmaydi, chunki davolash byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

6 noyabr 2019, 12:30

Xorijga chiqish pasportini turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan joydan ham olish mumkin bo‘ladi

Xorijga chiqish pasportini doimiy propiskada turadigan yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan joylardan olishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

6 noyabr 2019, 12:05

O‘z farzandini o‘ldirgan ona uning yo‘qolganini «sahnalashtirdi»

Toshkentda besh yoshli qizini kaltaklab o‘ldirgan ona va u bilan birga yashovchi erkak qo‘lga olindi. Ular qizning yo‘qolishini «sahnalashtirishdi».

6 noyabr 2019, 11:57

Qurollangan guruh Tojikistondagi chegara postiga hujum qildi

20 kishidan iborat qurollangan guruh Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegarasidagi chegara postiga hujum qildi. O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlari vaziyat o‘rganilayotganini xabar qildi.

6 noyabr 2019, 11:27

Prezident meva-sabzavotchilikdagi muammolarni sanab o‘tdi

Jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosi 205 milliard dollarni tashkil etgan bir paytda, O‘zbekistonning ulushi bir foizga ham yetmayapti. Prezident bog‘ va tokzorlarning yaroqsiz holatga kelib qolgani, minglab gektar eski bog‘lar yillar davomida hosil bermayotgani kabi muammolarni sanab o‘tdi.

5 noyabr 2019, 19:48

Yanvardan oktyabrgacha 9300 dan ortiq yong‘in sodir bo‘ldi

Yanvardan oktyabrgacha sodir bo‘lgan yong‘inlarda 35 kishi, 1271 ta hayvon va 95 mlrd so‘mlik mol-mulk qutqarildi. 9384 ta yong‘inda 88 kishi halok bo‘ldi.

5 noyabr 2019, 19:26

Vadim Abramov O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yinini efirga uzatish haqidagi qarorini o‘ylab ko‘rdi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Qirg‘iziston bilan uchrashuvni namoyish etishga qarshi emas. Avvaliga uchrashuvni TV orqali efirga uzatishni xohlashmadi, keyin esa o‘ylab ko‘rishdi.

5 noyabr 2019, 18:24

Kimyo va neft-gaz sohasiga korrupsiyaga qarshi kompleans joriy etiladi

«O‘zkimyosanoat» va «O‘zbekneftgaz» kompaniyalariga korrupsiyaga qarshi kompleans nazorat joriy etiladi.

5 noyabr 2019, 17:51

UFC jangchisi Xorxe Masvidal Donald Trampni «ablah» dedi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zini ablah degan Xorxe Masvidalni ajoyib jang bilan tabrikladi.

5 noyabr 2019, 17:38

Samolyotdan tushib qolgan yo‘lovchi Urganchga taksida boradigan bo‘ldi

Samolyotda qon bosimi oshib ketgan yo‘lovchi Samaradan Urganchga taksida boradigan bo‘ldi

5 noyabr 2019, 17:22

Toshkent teleminorasida pasportsiz kirish tartibi joriy qilinadi

Poytaxtda sayyohlar uchun qulaylik va sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent teleminorasiga pasport bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

5 noyabr 2019, 17:04

Xiva tumanini kompleks rivojlantirish doirasida 187 ta loyihani amalga oshiriladi

Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

5 noyabr 2019, 16:52

O‘qishga kirtish evaziga pul olgan shaxs ushlandi

Toshkentlik fuqaroga o‘g‘lini IIV akademiyasiga o‘qishga kirishida yordam berib, qizi va jiyanini maktabga o‘qishga kiritishini va’da qilib pul olgan kishi ushlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting