27 yanvar, dushanba

Yangiliklar

Ratsionalizatorlik festivalida akkumulyatorsiz «KamAZ» va suv ostida yuruvchi robot namoyish etildi (+video) 

«Chirchiq» poligonida o‘tkazilgan «TECHNO DISCOVERY-2019» festivalida ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalari namoyish etildi.

Davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasining taqdiri nima bo‘ldi? 

Daromadlarni deklaratsiya qilishni ko‘zda tutuvchi davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun 2017-yilning sentyabrida qabul qilinishi kerak edi. IHTT ekspertlari deklaratsiyalash tizimi qanda joriy etilishi kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni tayyorladi.

Sherobodda ikkinchi yirik sement zavodiga poydevor tashlandi 

Sherobodda Koreyaning NCG Engineerring Co.ltd. kompaniyasi hamkorligida bunyod etilayotgan yangi sement zavodiga dastlabki tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Ravshan Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlandi 

Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ravshan Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlandi.

MAK: Ekonom klass uchun eng past tariflar o‘zgarmadi 

Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun ekonom klass chiptalari tariflarini qayta ko‘rib chiqdi. Eng past tarif o‘zgarishsiz qoldi, eng yuqorisi esa sezilarli darajada qimmatlashdi.

Qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol ustidan sud hukmi o‘qildi 

Shofirkonda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolga oylik ish xaqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahriga hokim etib tayinlandi 

Samarqand shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev talabaga loyihasini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ni ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi 

Shavkat Mirziyoyev TDTU talabasining loyihasini amalga oshirish uchun «Asaka bank» boshqaruv raisiga 1 mlrd so‘m mablag‘ni ajratish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

SSV: Chustdagi «shifobaxsh» artezian quduq suvi aslida iste’molga yaroqsiz 

Sog‘liqni saqlash vazirligi shifobaxshligi aytilayotgan Chust tumanidagi «Tomchi zamin» fermer xo‘jaligidagi artezian quduq suvining aslida foydalanishga yaroqsiz ekanini ma’lum qildi.

«Gazeta.uz"da chiqqan maqolaga DTM javob qaytardi 

«Gazeta.uz"da e’lon qilingan Komil Jalilovning «DTM direktoriga o‘qituvchining ochiq xati» nomli maqolasiga munosabat bildirildi.

Rossiyadagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi 

Mordoviyadagi (Rossiya) YTH natijasida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Tomorqasida giyohvand modda yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi 

Shofirkon tumanida o‘z tomorqasida giyohvand modda yetishtirib, uni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.