26 yanvar, yakshanba

Yangiliklar

Komilov va Lavrov telefon orqali muloqot qildi 

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qilishdi. Ular suhbat davomida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifini gaplashib olgan.

Navoiy bepul Wi-Fi bilan qoplanadi 

Navoiy respublikadagi ilk bepul Wi-Fi tizimi bilan qoplanadigan shaharga aylanadi. Loyiha allaqachon ishga tushirilgan.

Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi 

Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi. Unda uchta lavozim bo‘sh qolgan, boshqa o‘rinlarda deputatlar ma’qullagan nomzodlar o‘zgarishsiz tasdiqlandi.

JSST Xitoyda koronavirus tarqalgani uchun favqulodda holat e’lon qilmadi 

JSST Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniyaning «jiddiy» ravishda tarqalayotganini tan oldi, ammo xalqaro miqyosda favqulodda holat e’lon qilmadi.

Xayrulla Sa’diyev yangi lavozimga tayinlandi 

Aktyor Xayrulla Sa’diyev O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisining maslahatchisi etib tayinlandi. U «5-studiya» bilan mehnat faoliyatini davom ettiradi.

Buxoro va Xiva o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi qayta tiklanadi 

Mart oyidan boshlab «Buxoro-Xiva-Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi. Safar besh soat davom etadi.

Taxiatosh IES yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushdi 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichi yakunlangan.

Yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi 

Fuqarolarning shikoyatlaridan so‘ng Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi litsenziyasining amal qilishi vaqtincha to‘xtaldi. Agentlik 10 kun muddatda fuqarolar oldida majburiyatini bajarishi lozim.

Tomskdagi yong‘inda vafot etgan yana bir shaxs aniqlandi 

Tomsk oblastida yuz bergan yong‘inda vafot etgan o‘n birinchi jasad shaxsi o‘rnatildi. Birlamchi tahlil ma’lumotiga ko‘ra, u O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Dam olish kunlari havoning sovuq bo‘lishi kutilmoqda 

Dam olish kunlari havoning sovuq bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 0…+5, kechasi — −5…0 darajagacha pasayadi.

Uxandagi boks musobaqasi boshqa muddatga ko‘chirildi 

Boks bo‘yicha Olimpiada litsenziyasini beruvchi musobaqa xavfli virus tarqalishi tufayli Xitoydan boshqa mamlakatda o‘tkazilishi mumkin. Turnir martga ko‘chirildi.

Prezident murojaatnomasi: asosiy fikrlar 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis a’zolariga an’anaviy murojaatnomani o‘qib eshittirdi. «Gazeta.uz» davlat rahbari bildirgan fikr va vazifalarni qisqacha mazmunda bayon etadi.