Yangiliklar

31 mart 2020, 00:05

Karantinda mashina boshqarish uchun ruxsatnoma berishning yangi tartiblari ishlab chiqildi

1 kun ichida avtomobillar harakatlanishi uchun 5500 ta ruxsatnoma (stikerlar) berildi. Murojaatlar ko‘pligi bois, endilikda ruxsatnoma uchun arizani masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirish mumkin bo‘ladi. Barcha tibbiyot xodimlari shaxsiy yoki xizmat moshinalarida harakatlanishlariga ruxsat berildi.

30 mart 2020, 23:19

Yana bir toshkentlik fuqaroda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 1 kishiga ortib, jami 150 nafarga yetdi.

30 mart 2020, 22:32

Foto: Toshkent bozorlari avtomobillar harakati taqiqlanishidan avval va keyin

Toshkentda avtomobillar harakatiga cheklov e’lon qilinganidan keyin yakshanba kuni bozor va supermarketlarda navbatlar paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt bozorlariga tashrif buyurdi.

30 mart 2020, 19:48

Koronavirus pandemiyasi davrida aholiga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar beriladi

Koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan yana bir prezident farmoni imzolanadi. Unda ijtimoiy himoyani kuchaytirish, narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilmoqda.

30 mart 2020, 19:42

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 mln so‘m pul mukofoti beriladi

Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 mln so‘m miqdorida bir marotabali pul mukofoti belgilandi.

30 mart 2020, 19:08

Tijorat banklariga kredit to‘lov muddatlarini uzaytirish ko‘rsatmasi berildi

Markaziy bank koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tijorat banklariga kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish bo‘yicha soddalashtirilgan tartiblarni joriy etish ko‘rsatmasini berdi.

30 mart 2020, 19:01

Mazmunli karantin — #04

Bir qarashda xavfli va halokatli tuyuladigan hayotiy tajribaning bebaho sovg‘aga aylanishi haqidagi ta’sirli hikoya hamda «nikohlamoq», «yarashuv» va «daraxt» so‘zlarining g‘aroyib tarixiy ildizlari — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.

30 mart 2020, 18:23

Sog‘liqni saqlash vazirligida janubiy koreyalik ekspert ish boshladi

Koryo universiteti (Janubiy Koreya) professori koronavirusga qarshi kurashishda xalqaro ekspert sifatida O‘zbekistonga taklif etildi.

30 mart 2020, 18:10

Donald Tramp koronavirusga qarshi 2,2 trln dollarlik qonunni imzoladi

Donald Tramp Amerika tarixida eng yirik miqdordagi iqtisodiy rag‘batlantirish qonuniga qo‘l qo‘ydi. Qonun koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan. Unga ko‘ra, past va o‘rta daromadga ega fuqarolar bir marotabalik to‘lov tarzida 1200 dollar olishadi. Har bir yosh bola uchun qo‘shimcha 500 dollar berilishi belgilangan.

30 mart 2020, 16:20

O‘zbekistondagi to‘y marosimida qatnashgan Qozog‘iston fuqarosida koronavirus aniqlandi

26 mart kuni O‘zbekistondan qaytgan Qozog‘iston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Aniqlanishicha, u 14 nafar qarindoshi bilan To‘rtko‘ldagi to‘y marosimida qatnashgan.

30 mart 2020, 16:05

Yana 4 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi (jami — 149 nafar)

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 nafarga oshib, jami 149 kishiga yetdi

30 mart 2020, 15:25

Hafta bulutli va yomg‘irli boshlanadi

Yaqin kunlarda O‘zbekistonda havo haroratining bir oz pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

30 mart 2020, 14:02

Koronavirus qayd etilgan 145-bemor Qashqadaryoda davolanmoqda

Koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemorning 14 yoshli jiyani ham COVID-19 yuqtirgani ma’lum qilindi. Uning ahvoli o‘rta og‘ir deb baholanmoqda. Bemor Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

30 mart 2020, 13:39

O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida YeOII bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tahlil qiladi.

30 mart 2020, 13:04

Xitoy koronavirus epidemiyasi tugaganini ma’lum qildi

Xitoy hududida koronavirus tarqalishi to‘xtadi. Kasallanganlar va davolanayotganlar soni — 3000 nafardan kamroq.

30 mart 2020, 11:32

Moskvada umumxalq o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi joriy etildi

Moskvaning barcha aholisi uchun umumxalq o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi joriy etildi. Yashash joyini faqatgina ishga, yaqin do‘kon yoki dorixonaga borish, tez tibbiy yordam uchun murojaat qilish maqsadida tark etish mumkin. Maxsus ruxsatnoma bo‘lsagina ko‘chaga chiqishga ruxsat etiladi.

30 mart 2020, 11:12

Xitoy mudofaa sanoati kompaniyalari O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Xitoyning bir qator mudofaa sanoati kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi.

30 mart 2020, 10:57

Masofaviy ishlashga o‘tkazish tartiblari tasdiqlandi

Adliya vazirligi karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartiblarini tasdiqladi.

30 mart 2020, 10:40

COVID-19 holatlari soni 145 taga yetdi

O‘zbekistonda yana bir koronavirus holati qayd etildi. Ushbu infeksiyadan vafot etgan erkakning jiyani virus yuqtirgani aniqlandi.

29 mart 2020, 20:32

Koronavirus holatlari soni 144 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 144 nafarga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting