Yangiliklar

4 aprel 2020, 18:46

Pasportga doimiy ro‘yxat bo‘yicha shtamp bosmaslik taklif etilmoqda

Propiska tizimini isloh qilish doirasida pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga doimiy ro‘yxat bo‘yicha shtamp bosish amaliyotidan voz kechish, harbiy hisob uchun mudofaa bo‘limlariga borish tartibini bekor qilish kabi takliflar «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.

4 aprel 2020, 17:55

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus stikerlar berish vaqtincha to‘xtatildi

4 aprel soat 18:00dan boshlab avtomobillar harakatlanishi uchun stikerlar olish bo‘yicha arizalar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Qabul 6 aprel 18:00 dan qayta tiklanishi kutilmoqda.

4 aprel 2020, 17:36

OIIB Buxoroda suv tarmoqlari infratuzilmasi uchun 385 mln dollar ajratdi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Buxorodagi suv tarmoqlari infratuzilmasi uchun 385 mln dollar ajratdi. Loyihadan 1,2 million kishining foyda ko‘rishi kutilmoqda.

4 aprel 2020, 17:22

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari 263 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 22 taga oshib, 263 nafarni tashkil etmoqda.

4 aprel 2020, 17:20

Senatda YeOII bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Senatda O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik istiqbollarini va uning mamlakat milliy manfaatlariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.

4 aprel 2020, 13:51

Qashqadaryodagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda «ZIL-130» bilan to‘qnashgan Spark ichidagi uch kishi yonib ketdi.

4 aprel 2020, 13:06

Karantin qoidalari 25 mingdan ortiq holatlarda buzilgan

Karantin qoidalari e’lon qilinganidan boshlab 25 mingdan ortiq qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. Aksariyat holatlarda himoya niqoblari taqmaslik uchun fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

4 aprel 2020, 12:53

Senat raisi Tanzila Norboyeva koronavirusga test topshirdi

Senat raisi Tanzila Norboyeva, senat a’zolari va devoni xodimlari koronavirusga test topshirishgan.

4 aprel 2020, 12:17

IIV velosipedlarda harakatlanish cheklanishi haqidagi xabarni rad etdi

5 apreldan boshlab Toshkent shahrida velosipedlarda harakatlanish haqidagi xabar Ichki ishlar vazirligi tomonidan rasman rad etildi.

4 aprel 2020, 12:06

Yana 14 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 241 nafarga yetdi.

3 aprel 2020, 23:09

Yana 6 kishida koronavirus tasdiqlandi

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 227 taga yetdi.

3 aprel 2020, 22:05

Toshkentda niqob va qo‘lqoplarni tashlash uchun konteyner o‘rnatilmoqda

Toshkentda foydalanilgan niqob, qo‘lqop va boshqa koronavirusdan himoya vositalarini tashlash uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish boshlandi. Zararlanish xavfi bo‘lgani uchun tibbiy chiqindilarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirmaslik kerak.

3 aprel 2020, 21:08

BMT qo‘mitasi O‘zbekistondagi inson huquqlari sohasidagi islohotlarga izoh berdi

Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar, bolalar va majburiy mehnatga barham berilishi, sud tizimidagi islohotlar — BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ushbu islohotlarga ijobiy baho berib, o‘z tavsiyalarini taqdim etdi.

3 aprel 2020, 20:52

Yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlanadi

O‘zbekistonda yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi. Shuningdek, karantin davrida uy sharoitida rivojlantirish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yanada qo‘llab-quvvatlanadi.

3 aprel 2020, 20:19

Karantin vaqtida tadbirkorlar va iqtisodiyot tarmoqlariga qo‘shimcha yengilliklar berildi

Turizm sohasidagi tadbirkorlar yer-mulk soliqlaridan ozod etiladi, YATTlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi, 2 trillion so‘mlik kredit majburiyati muddati uzaytiriladi — koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha prezident farmoni.

3 aprel 2020, 19:53

Oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartiblari soddalashtiriladi

Prezidentning yangi farmoniga binoan, bolali oilalarga to‘lash muddati tugayotgan nafaqalar ariza va boshqa hujjatlar talab qilinmagan holda 6 oyga uzaytirildi. Shuningdek, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartiblari soddalashtiriladi.

3 aprel 2020, 19:38

Ayrim mahsulotlar uchun bojxona boji va aksiz solig‘i bekor qilindi

31 dekabrga qadar O‘zbekistonga qator tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilandi. Unga ko‘ra, baliq, un, shakar, paxta va kungaboqar yog‘i, ba’zi sabzavotlar, ayrim gigena vositalari va tibbiyot jihozlari uchun ushbu turdagi to‘lovlar vaqtincha bekor qilinadi.

3 aprel 2020, 19:23

Bir qator banklar mijozlarga kredit ta’tillarini taqdim etdi

Karantin sababli O‘zbekistondagi bir qator tijorat banklari o‘z mijozlari uchun kredit to‘lov ta’tillari va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim qila boshladi. Hozirda bunday banklar soni 15 taga yetdi.

3 aprel 2020, 19:07

Davlat xizmatlari agentligi — stikerlar va bosimlar haqida

Kurerlik bilan shug‘ullanuvchi bir qancha kompaniya va umumiy ovqatlanish korxonalari avtomobillar uchun stiker ololmayotganidan shikoyat qildi. Davlat xizmatlari agentligi esa hujjat topshiruvchilarning xatolari, ijtimoiy tarmoqlardagi bosimlar haqida ma’lum qildi.

3 aprel 2020, 19:06

Mazmunli karantin — #06

Grammatika qoidalariga rioya qilib gapirishning afzalliklari va «Bardosh ber» nomli qo‘shiqning jonli ijrosi — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting