Yangiliklar

2 aprel 2020, 10:44

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 187 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 187 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya institutida davolanayotgan 90 nafar bemorning 23 tasida pnevmoniya alomatlari bor. 5 nafar bemorning ahvoli og‘ir, ulardan 2 nafarining ahvoli esa barqaror og‘ir deya baholanmoqda.

1 aprel 2020, 23:09 1

Afg‘onistonga ham insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun insonparvarlik yordami yubordi.

1 aprel 2020, 21:42

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 181 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 8 nafarga oshib, jami 181 kishiga yetdi.

1 aprel 2020, 20:47

O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga un, oziq-ovqat mahsulotlari va infeksiyadan himoya vositalaridan iborat insonparvarlik yordami jo‘natdi.

1 aprel 2020, 18:40

Tibbiyot xodimlari karantindan chiqqanlarni raqslar bilan kuzatib qo‘yishdi (video)

Tibbiyot xodimlari «Chotqol» sanatoriyasida karantindan chiqarilgan 212 fuqaroni raqs tushgan holda kuzatib qo‘yishdi. Video.

1 aprel 2020, 18:12

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha xayriya tadbirlarini markazlashtirish tavsiya etildi

1 apreldan yakka tartibda xayriya tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlandi. Ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari markazlashtirilgan holda yetkaziladi. Ushbu ishga NNT va ko‘ngillilar (volontyor) qo‘shilishga chaqirildi.

1 aprel 2020, 17:54

1 apreldan O‘zbekistonda «samoizolyatsiya» tartibi joriy etiladi

O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab «o‘zini yakkalash» (samoizolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.

1 aprel 2020, 17:43

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlaridan ozod etildi

Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar qoniqarsiz tashkillashtirilganligi uchun bosh vazirning o‘rinbosari Oltinoy Omurbekova va Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

1 aprel 2020, 17:15

O‘zbekistonda yana 4 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Virusologiya institutida davolanayotgan 4 nafar koronavirus bemori butunlay sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 12 kishiga yetdi.

1 aprel 2020, 16:37

Payariq tuman hokimi karantinga olindi

Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi D. Musinov koronavirus infeksiyasi qayd etilgan paytda Turkiyada xizmat safarida bo‘lgani uchun karantinga olingan. Uning sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng ish faoliyatini davom ettiradi.

1 aprel 2020, 15:18

O‘zbekiston byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun OTBdan 1 mlrd dollar so‘radi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollargacha miqdorda mablag‘ ajratishni so‘radi. OTB prezidenti O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqovga videokonferensiya orqali ushbu jarayonni tezlashtirishini ma’lum qildi.

1 aprel 2020, 14:14

YeOII COVID-19 sababli mahsulotlar eksportini taqiqladi

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi pandemiya sababli grechka, guruch, javdar, kungaboqar urug‘i va boshqa mahsulotlar eksportini taqiqladi.

1 aprel 2020, 13:57

IIV: Kun davomida 2700 marotaba karantin qoidalari buzildi

Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda 17 mingdan ziyod karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq.

1 aprel 2020, 13:32

Toshkentda stikersiz haydovchilarni jarimaga tortish boshlandi

Toshkentda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari doirasida 11 soat ichida 168 nafar haydovchi maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqargani aniqlandi. Ular jarimaga tortildi, avtomobillar esa jarima maydonchasiga olindi.

1 aprel 2020, 13:00

Qo‘qonda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan mahalliy deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qo‘qonda 2 kishida koronavirus aniqlangani va ular karantinga olingani haqida yolg‘on xabar tarqatgan shahar kengashi deputatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

1 aprel 2020, 12:16

Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 20 mln dollar ajratdi

Milliarder Alisher Usmonov «O‘zbekiston Mehr-shafkat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘z hisobidan 20 million dollar beg‘araz yordam ajratdi. Ushbu mablag‘ Zangiota tumanida qurilayotgan 10 ming o‘rinli tibbiy muassasani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun sarflanadi.

1 aprel 2020, 12:05

Bog‘cha bolalari uchun ta’limiy teleloyiha efiri boshlandi

MTV 1 apreldan «Bolajon» kanalida bog‘cha bolalari uchun ingliz tili, arifmetika, ertalabki badantarbiya va logopedik mashg‘ulotlardan iborat ta’limiy teleloyihani ishga tushirdi.

1 aprel 2020, 11:38

To‘rtko‘lda to‘y marosimida qatnashgan Qozog‘iston fuqarolari bo‘yicha rasmiy bayonot

To‘rtko‘l tumanida to‘y marosimida qatnashib, Qozog‘istonga qaytgan ayolda koronavirus aniqlanganligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonlik mehmonlar 18 mart kuni to‘y marosimida qatnashishgan. To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida ushbu shaxslar bilan ko‘rishgan fuqarolar aniqlanib, karantinga olingan.

1 aprel 2020, 11:00

Koronavirus bemorlari soni 173 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etmoqda. Toshkentdagi Virusologiya instituti klinikasida 92 nafar bemor davolanmoqda, ularning 21 tasida pnevmoniyaning klinik alomatlari bor.

31 mart 2020, 22:58

Koronavirus: Infeksiya aniqlanganlar soni 172 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 5 taga ortib, jami 172 taga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting