Yangiliklar

22 may 2020, 14:11

Har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi yig‘ilish davomida endilikda har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etilishini ma’lum qildi. Mazkur shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktirilishi va ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘lishi ta’kidlandi.

22 may 2020, 14:04

Buxoroda inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pullar talon-taroj qilindi

Buxoro viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi va vrach-dezinfeksionisti inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-taroj qilgani aniqlandi.

22 may 2020, 13:27

Alisher Usmonov Zangiota tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 2,51 mlrd so‘m ajratdi

Milliarder Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1004 ta ehtiyojmand oilaga 2,51 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ajratdi. Bu pullar har bir oilaga qariyb 2,5 million so‘mdan taqsimlab berildi.

22 may 2020, 13:25

Musulmonlar idorasi Hayit namozi bo‘yicha fatvo berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya davrida Ramazon hayiti namozini o‘qish bo‘yicha fatvo berdi. Unga ko‘ra, jamoat bo‘lib o‘qish imkoniyati mavjud emasligi ushbu ibodatni mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit qiladi.

22 may 2020, 12:55

Andijonda texnopark ish boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda yangi qurilgan Digital City texnoparki bilan tanishdi. Davlat rahbari bunday texnoparklarni mamlakatning boshqa hududlarida ham ochish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

22 may 2020, 12:42

750 ming Beeline abonentiga 100 mln so‘m yutib oldingiz degan mazmunda yolg‘on xabar yuborildi

Beeline Uzbekistan mobil operatorining 749 ming abonentiga 100 mln so‘m yutib olgani aytilgan yolg‘on xabar tarqatildi. Buning ortidan 1 mlrd so‘m daromad olgan MCHJ rahbariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

22 may 2020, 12:20

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini jo‘natdi

Turkiya hukumati O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini insonparvarlik yordami sifatida jo‘natdi.

22 may 2020, 12:11

“Har bir oila — tadbirkor” dasturiga qo‘shimcha $100 mln ajratiladi

“Har bir oila — tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga qo‘shimcha 100 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu pullar tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

22 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 3000 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3006 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (5), xorijdan kelganlar (6), Navoiyda (15), Samarqandda (13). Respublikada infeksiyadan 586 kishi davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

21 may 2020, 23:35

Koronavirus yana 3 kishidan aniqlandi (jami — 2967)

O‘zbekistonda aniqlangan COVID-19 holatlari 3 taga oshib, jami 2967 taga yetdi. 20 ta holat aholi orasidan qayd etildi — koronavirusga chalingan 3 kishi 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga infeksiya yuqtirgan.

21 may 2020, 20:02

Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi. Prezident ushbu bayramni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

21 may 2020, 19:45

Prezident 258 nafar mahkumni afv qildi

Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 258 fuqaroni afv etdi. Afv etilganlarning 164 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

21 may 2020, 19:22

Andijonda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida barpo etilgan yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari Andijon aholisining zichligini hisobga olib, bu hududda hamyonbop ko‘p-qavatli uylar qurilishi kambag‘allikdan chiqishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

21 may 2020, 17:11

Yana 14 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 14 taga ko‘payib, 2964 taga yetdi.

21 may 2020, 17:02

Turkmaniston 61 nafar O‘zbekiston fuqarosini amnistiya qildi

Turkmanistonda 61 nafar O‘zbekiston fuqarosi amnistiyaga tushdi. Ular vatanga qaytarilganidan keyin Toshkent viloyatida ikki haftalik karantinga olindi.

21 may 2020, 16:33

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2400 nafardan oshdi

Toshkentda davolanayotgan 35 bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2407 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar orasida 2 nafar Tojikiston fuqarosi ham bor.

21 may 2020, 16:14

Samarqanddagi tez tibbiy yordam markazi karantinga olindi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bemorlar va tibbiyot xodimlarida COVID-19 aniqlangani sababli karantinga olindi.

21 may 2020, 15:44

Buxoroda bir yilda 12 marta YHQ buzgan haydovchi o‘n uchinchisida o‘lim topdi

Buxoro viloyatida yil davomida 12 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan haydovchi o‘n uchinchisida halok bo‘ldi. O‘zidan tashqari 19 yoshli qizning ham o‘limiga, yana besh kishining og‘ir jarohatlanishiga sababchi bo‘ldi.

21 may 2020, 15:19

Bloomberg: Xitoyda 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi

Xitoy shimoli-sharqida 34 ta yangi koronavirus holati aniqlangani tufayli bu hududda qat’iy karantin choralari qaytadan tiklandi va 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi.

21 may 2020, 14:45

O‘zbekiston saylov qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda saylov qonunchiligiga jiddiy o‘zgarishlar kiritilishi kutilmoqda. Jumladan, saylovlarni o‘tkazish sanasi dekabr oyidan martga ko‘chirilishi rejalashtirilmoqda. Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotini moliyalashtirishda xususiy mablag‘larni jalb qilishga ham ruxsat berilishi mumkin. Bundan tashqari, bir nomzod faqat bitta vakillik organiga deputat etib saylanishiga ruxsat beriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting